Torli musiqa cholgʻulari

(Xordofonlardan yoʻnaltirildi)

Torli musiqa cholgʻulari, xordofonlar — musiqa cholgʻu asboblari guruhi; tovush manbai sifatida mopnap qoʻllanadi. Keng tarqalagan torli asboblar qatoriga gitara, sitor, bas gitara, skripka, violonchel, alt, banjo, mandolina, arfa, balalayka kabi asboblarni kiritish mumkin. Oʻzbekiston hududida koʻp uchraytigan torli asboblar rubob, dutor, tor, gʻijjak, chang va qomusdir. Tovush chiqarish usuliga qarab torlikamonli (kamon yoki smichok bilan chalinadigan skripka, gʻijjak kabi), torlimezrobli (mezrob yoki nohun yordamida chalinadigan tanbur, ud, rubob), torlichertma (dutor, doʻmbira, qonun), torliurma (chang, fortepiano) kabi asosiy turlarga ajratiladi.