Xorioidea
Xorioidea, shuningdek, xoroidea yoki xoroid deb ham ataladi, koʻzning qon tomirli qatlami hisoblangan tomirli pardaning bir qismidir. U biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan va koʻzning toʻr pardasi va sklera oʻrtasida joylashgan. Inson xoroidi koʻzning eng orqa qismida eng qalin boʻlib (0,2 mm), chekka qismlarda esa 0,1mm gacha ingichkalashadi[1]. Xoroid toʻr pardaning tashqi qatlamlarini kislorod va ozuqa moddalar bilan taʼminlaydi. Kipriksimon tana va kamalak parda bilan birga, xoroid [tomirli parda]]ni hosil qiladi.
XorioideaXorioidea | |
---|---|
lotincha: choroidea | |
Arteriya | Uzun va kalta orqa siliar arteriyalar |
Kataloglar | |
| |
Xorioidea |
Xoroidning tuzilishi odatda toʻrt qatlamga boʻlinadi (toʻr parda tomonga qarab sanab boriladi):
- Haller qatlami – kattaroq diametrli qon tomirlaridan tashkil topgan xoroidning eng tashqi qatlami[1];
- Sattler qatlami – oʻrta diametrli qon tomirlari qatlami[1];
- Xoroidning kapillyar qatlami[1] va
- Bruch membranasi (sinonimlari: Lamina bazalis, Complexus bazalis, Lamina vitra) – xoroidning eng ichki qatlami[1].
Qon taʼminoti
tahrirOdamlarda koʻzning koʻz arteriyasi (a. ophtalmica)ning tarmogʻi boʻlgan orqa siliar arteriyalardan boshlanuvchi ikki xil qon taʼminoti mavjud: retinal (toʻr pardada) va uveal (tomirli pardada)[2]. Tomirli parda va toʻr pardaning tashqi va oʻrta qatlamlarini taʼminlovchi uveal qon aylanishining arteriyalari koʻz arteriyasining tarmoqlari boʻlib, koʻrish nervidan alohida holda koʻz olmasiga kiradi. Boshqa tomondan, retinal qon aylanishi oʻz tarmogʻini markaziy toʻr parda arteriyasi (a. Centralis retinae)dan, shuningdek, koʻz arteriyasining bir tarmogʻidan oladi, lekin koʻz olmasiga koʻruv nervi bilan birgalikda yoʻnaladi[3]. Ular anastomozlar hosil qilib tugamasdan, soʻnggi arteriolalarga segmentar boʻlinadi. Bu xoroidal qon taʼminotiga taʼsir qiluvchi kasalliklarda klinik ahamiyatga ega. Markaziy koʻrish uchun mas’ul boʻlgan koʻruv dogʻi va koʻruv nervi old qismining qon bilan taʼminlanishi xoroidal qon taʼminotiga bogʻliq[4]. Xoroid tomirlarining tuzilishi optik kogerent tomografiya bilan, qon oqimi esa Indosianin yashil angiyografiyasi va Lazerli Doppler tasviri orqali aniqlanishi mumkin[5].
Tarixi
tahrirXoroidni birinchi marta miloddan avvalgi 400-yillarda Demokrit tasvirlab bergan va uni „chitoon malista somphos“ (soʻrib oluvchi qavat) deb atagan[7]. Demokrit xoroidni hayvonlarning kesilgan koʻzlaridan koʻrgan boʻlishi mumkin, degan taxminlar mavjud[8].
Demokritdan taxminan 100 yil oʻtgach (miloddan avvalgi 335 – 280 yillar), Gerofilos ham jasadlarning koʻzlarida kesilgan xoroidni tasvirlab berdi[9][10].
Klinik ahamiyati
tahrirXoroid qon tomirlar bilan yaxshi taʼminlangani tufayli koʻzda saraton metastazlarining eng koʻp uchraydigan joyidir. Metastazlarning manbayi odatda sut bezi saratoni, oʻpka saratoni, oshqozon-ichak saratoni va buyrak saratoni hisoblanadi. Ikki tomonlama xoroid metastazlari odatda sut bezi saratoni bilan bogʻliq, bir tomonlama metastazlar esa oʻpka saratonining tarqalishidan kelib chiqadi. Xoroid metastazlari xoroidning oʻzidan kelib chiqadigan asosiy oʻsimta boʻlgan uveal melanomadan differensial diagnostika qilinishi lozim[11].
Galereya
tahrir-
Inson koʻzining gorizontal kesmasi; xoroid binafsha rangda koʻrsatilgan.
-
Retinal va xoroidal qon oqimining lazerli Doppler tasviri
-
Kamalak pardaning old tomondan koʻrinishi
-
Koʻruv nervining terminal qismi va uning koʻz olmasiga kirishi, gorizontal kesmada
-
Chap koʻz olmasi orqa yarmining ichki ko'rinishi
-
Koʻzning ichki tuzilmalari
-
Koʻz ichki tuzilmalari tasviri
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 MRCOphth Sacs questions
- ↑ The Ocular Circulation
- ↑ "Sensory Reception: Human Vision: Structure and function of the Human Eye" vol. 27, p. 174 Encyclopædia Britannica, 1987
- ↑ Hayreh, SS. (November 1975). "Segmental nature of the choroidal vasculature". Br J Ophthalmol 59 (11): 631–648. doi:10.1136/bjo.59.11.631. PMID 812547. PMC 1017426. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1017426.
- ↑ Puyo, Léo, Michel Paques, Mathias Fink, José-Alain Sahel, and Michael Atlan. „Choroidal vasculature imaging with laser Doppler holography.“ Biomedical optics express 10, no. 2 (2019): 995–1012.
- ↑ Léo Puyo, Michel Paques, and Michael Atlan, "Spatio-temporal filtering in laser Doppler holography for retinal blood flow imaging, " Biomed. Opt. Express 11, 3274–3287 (2020)
- ↑ Dolz-Marco, R., Gallego-Pinazo, R., Dansingani, K. K., & Yannuzzi, L. A. (2017). The history of the choroid. In J. Chhablani & J. Ruiz-Medrano (Eds.), Choroidal Disorders (Vol. 1–5, pp. 1–5). Academic Press. Template loop detected: Andoza:Doi
This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handXorioidea]] - ↑ Rudolph, Kelli (2012). "Democritus' Ophthalmology" (en). The Classical Quarterly 62 (2): 496–501. doi:10.1017/S0009838812000109. ISSN 0009-8388. https://www.cambridge.org/core/journals/classical-quarterly/article/abs/democritus-ophthalmology/75F141868614774250E11F39DB7C5072.
- ↑ Staden, Heinrich von. Herophilus: The Art of Medicine in Early Alexandria: Edition, Translation and Essays (en). Cambridge University Press, 1989. ISBN 978-0-521-23646-1.
- ↑ Reverón, R. (2015). Herophilos, the great anatomist of antiquity. Anatomy, 9(2), 108–111. Template loop detected: Andoza:Doi
This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handXorioidea]] https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/371071 - ↑ "Choroidal metastases: origin, features, and therapy". Indian Journal of Ophthalmology 63 (2): 122–127. February 2015. doi:10.4103/0301-4738.154380. PMID 25827542. PMC 4399120. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4399120.