Xosiyat Xusanova
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ergasheva Xosiyat 2004-yil noyabrda Buxoro shahrining "Xo'ja ilg'or" ko'chasida dunyoga kelgan Xusanova Xosiyatxon Ergashovna 1969-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. Milliy teatrda 1995-yildan buyon faoliyat yuritib kelyapti. 2011-yili "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Faoliyati tahrir
Xosiyatxon Xusanova Milliy teatr sahnasida I.Sodiqovning „Afandining besh xotini“da Tamanno, H.Muhammadning „Xotinlar gapidagi chiqqan hangoma“da Bonu, H.Rasulning „Boshi qotgan oshiqlar“ida Yulduz, E.Xushvaqtovning „Chimildigʻ“ida kelin, „Qalliq oʻyin“ida Jumagul, „Andishali kelinchak“da Kupaysin, S.Ahmadning „Ufq“da xonanda, A.Oripovning „Sohibqiron Temur“da kanizak, „Muhabbat sultoni“da kanizak, „Usmon Nosir“da Sofiya, „Daraxatlar tik turib jon beradi“da Felisa, „Ayolgʻu“da Ayol, „Yorugʻlik va yovuzlik“da Yalmogʻiz, „Jodugar kanizak“da Oqilon, „Sehrli tanbur“da Asalari, „Omonat dunyo“da Latofat, „Antiqa qudalar“da Oʻgʻiloy, „Uch kunlik dunyo“da Anora, „Oltin qiz“da Barno, „Bir koshona sirlari“da Hamshira, „Uvaysiy“da Sovchi, „Shayton va farishta“da Shayton, „Oʻtgan zamon xangomalari“da Kanizak, „Neksiya“da Norbuvi kabi bir qator obrazlarini yaratgan. Badiiy film va videofilmlarda koʻzga koʻringan rollar oʻynadi. „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Oʻgʻiloy, „Charxpalag“da ona, „Koʻngil koʻchalari“da bozorchi, „Qismat“da Xanifa, „Lafz“da Zubayda, „Olovuddinning sarguzashtlari“da Sotti, „Nomus“da Xalima, „Yangi oy chiqqan kecha“da Gulchexra, „Shahzoda va Kanizak“da Kanizak, „Muhabbatimsan“da Ona, „Mohinur“da Pochtalyon, „Taqdir“da Gul sotuvchi, „Dev va Pakana“da Saidaxon, „Afyun girdobi“da Hanifa, „Sehrli uzuk“da Singil, „Kelgindi kuyov“da Yoʻlovchi, „Zabarjad“da Ayol va boshqa koʻplab rollarni ijro etgan. Shoʻx, xarakterli obrazlarni meʼyoriga yetkazib ijro etadi.[1]
Filmografiya tahrir
2005-yil Kelgindi kuyov
2005-yil Begona hayot
2007-yil Boyvachcha
2009-yil Uqubat
2009-yil Oʻzimdan oʻzimgacha
2009-yil Uylanish
2010-yil Adashgan sovchilar
2011-yil Xizmat doirasidan tashqarida
2011-yil Er bermoq jon bermoq
2011-yil Oʻxshatmasdan uchratmas
2011-yil Oling quda bering quda
2012-yil Yolgʻizginam
2012-yil Supper qaynona
2012-yil Ijarachilar
2012-yil Andijonlik mehmon
2012-yil Mehribonim
2013-yil Janob qorovul
2013-yil Novda
2013-yil Qudamni koʻrmadingizmi
2013-yil Xazina operatsiyasi
2013-yil Osiy banda
2013-yil Hasan ibn husan
2013-yil Ana xolos
2013-yil Sevgi farishtasi 2
2013-yil Ajab boʻlibdi[2]
Manbalar tahrir
- ↑ „Hosiyat Husanova haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. savol-javob.com. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
- ↑ „Hosiyat Husanova haqida“. buluteka.com. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.