Xotam Inogʻomov
Xotam Inogʻomov (1940.20.8, Toshkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1968). 1962-yildan Toshkent tumanidagi 9-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1983-yildan direktor. I. maktab moddiy-texnika ba-zasini mustahkamlash, sinf xonalari va fan kabinetlarini jihozlash, texnika vositalaridan unumli foydalanishga katta eʼtibor berdi. Oʻzi ona tili va adabiyotdan dars berib, zamonaviy adabiyot kabinetini tashkil etgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |