Xotiram siniqlari − 1995-yilda oʻzbek shoirasi Zulfiya tomonidan yozilgan lirik doston[1]. Doston mustaqillik davrining mahsuli boʻlib, unda mustaqillik dil-dildan ulugʻlangan. Shoira asarda umri davomida oʻzi boshidan kechirgan yaxshi va yomon kunlarini eslab, hayot va jamiyat taraqqiyoti haqida, baxt va badbaxtlik toʻgʻrisida teran poetik mulohaza yuritgan. Shoʻrolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dard- u alamlarini, orzu-istaklarini doston misralari qat-qatiga toʻkib solgan. Shu tarzda el-yurt koʻngliga harorat baxsh etgan. Mustaqillikning buyuk neʼmati haqiqiy hurriyatni, chin erkinlikni katta quvonch bilan olqishlagan:

Xotiram siniqlari
Muallif(lar) Zulfiya Isroilova
Mamlakat Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Doston
Hurriyat, keldingmi – nahotki kelding... 
Pinhona sog‘indim, pinhona kutdim. 
Yomg‘irga bag‘rini tutgan sahrodek – 
Sening nasimingga qalbimni titdim  
Kelding-ey, Istiqlol istiqlol bo‘lib,  
Qalbimga nasiming bilan yo‘l solding. 
Sen shu hur nazmga ixtiyor berib, 
Men og‘ir bulutdek bir yog‘ib oldim...

Zulfiyaning bu lirik dostonida maqsad aniq boʻlganidek, uning ifodasi ham kam-u koʻstsiz. Shoir yangi hayot – mustaqillik haqida hayajon bilan kuylar ekan, yangi-yangi tashbihlar, yorqin obrazlar yaratgan. Ana shuning uchun ham bu lirik- falsafiy dostonni 80 yoshli shoira ijodining oʻziga xos gultoji desa boʻladi.

  1. „Zulfiya“. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.