Xurshid Doʻstmuhammad (1951-yil 8-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, jurnalist, Filologiya fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].

Xurshid Doʻstmuhammad

Xurshid Doʻstmuhammad 2024-yilda
Tavalludi
Doʻstmuhammedov Xurshid Nabievich

8-yanvar 1951-yil
Toshkent Sovet Ittifoqi SSSR Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi Jurnalist, yozuvchi
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Mukofotlari

Faoliyati

tahrir

Ish faoliyati

tahrir

1976-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1973—1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti hamda 1978—1984-yillarda Fan va turmush jurnalida muharrir va boʻlim muharriri, 1984—1986-yillarda „Selskaya pravda“ – „Qishloq haqiqati“ gazetasida muxbir, 1986—1995-yillarda Yosh kuch jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir kabi lavozimlarda, 1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy fondining hamraisi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1997—2002-yillarda „Hurriyat“ gazetasida bosh muharrir, 2005—2007-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari – qoʻmita raisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hisoblanadi. 2015-yildan boshlab yozuvchi nafaqaga chiqqan. Hozirda erkin ijodkor sifatida ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. Dastlabki kitobi – 1989-yilda „Hovli etagidagi uy“ nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan keyin yozuvchining „Panoh“, „Oromkursi“, „Soʻroq“, „Sof oʻzbekcha qotillik“, „Mahzuna“, „Ibn Mugʻanniy“, „Yolgʻizim – Siz“, „Koʻz qorachigʻidagi uy“ kabi asarlari, ayniqsa 1997-yilda nashrdan chiqqan „Jajman“ hikoyasi, shuningdek, 2000-yilda nashr etilgan „Hijronim mingdir mening“ qissa va hikoyalar toʻplami, „Yolgʻiz“ qissa va maqolalar toʻplami, „Bozor“[2] romani va boshqa asarlari adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan. Yozuvchi shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari“ xotira essesi va 2002-yilda nashr qilingan „Jurnalist boʻlmoqchimisiz?“ nomli risolasi va shu yili chop qilingan „Chayongul“ kinossenariysi muallifi[3]. 2014-yilda yozuvchining „Qichqiriq“, 2016-yilda esa „Donishmand Sizif“ romanlari nashrdan chiqdi.

Xurshid Doʻstmuhammad yapon adibi Ryūnosuke Akutagawa, ispan adibi Ignacio Aldecoa, shuningdek, Ales Juk, Boris Sachenko, Andrius Riuk kabi yozuvchilarning asarlarini oʻzbekchaga oʻgirgan. 2000-yilda uning ssenariysi asosida „Chayongul“ badiiy filmi yaratilgan[4].

Mukofotlari

tahrir

Adibning „Bozor“ romani, „Hijronim mingdir mening“ va „Ozod iztirob quvonchlari“ kitoblari 2000-yilgi „Ofarin“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan „Ehtirom“ mukofoti topshirilgan. 1997-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan boʻlsa, 2006-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. 2020-yilda yozuvchiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni topshirilgan.

Manbalar

tahrir