Xurshid Tojiboyev (yozuvchi)
Tojiboyev Xurshid Zohidullo oʻgʻli (oʻzbekcha: Тожибоев Хуршид Зоҳидулло ўғли; 1995-yil 21-iyun, Toshkent) — bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner va sportchi[1].
Tojiboyev Xurshid Zohidullo oʻgʻli | |
---|---|
Asl ismi | Тожибоев Хуршид Зоҳидулло ўғли |
Tavalludi |
21-iyun 1995-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Yoʻnalish | bolalar yozuvchisi |
Shoh asari |
"Hayolparast xo‘tikcha" "O‘rmon ertaklari" |
Tarjimai holi
tahrir1995-yil 21-iyunda Toshkent shahrida ijodkorlar oilasida tug‘ilgan. Yozuvchi Muhabbat Yoʻldoshevaning farzandi[2]. Opasi - Gulnoz Tojiboyeva, bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner va taʼmirshunos-rassom.
Ijodi
tahrir4 yoshidan ertak to‘qishni boshlagan. Uning ertaklari “Tong yulduzi”, “Klass”, “Gulxan”, “G‘uncha” kabi Respublika nashrlarida chop etilgan. Ingliz, rus, qozoq, vetnam va qirg‘iz tillariga tarjima qilingan.
Hozirda Belgiya (“Atunis Galaxy Poetry” adabiy jurnali), Angliya (“DASH” adabiy jurnali), Pokiston (“Sindh Courier” adabiy jurnali), Ukraina (“Aвтограф” adabiy jurnali), Rossiya (“Камертон” adabiy-tarixiy veb-jurnali), Qirg‘iziston nashrlarida chop etilmoqda[3].
Bolalar uchun 5 ta kitobi muallifi: “O‘rmon ertaklari” («Zarqalam» nashriyoti, 2006), “O‘rmon alifbosi” («Chashma» nashriyoti, 2012), “O‘rmon alifbosi” («Donish chirog‘i» nashriyoti, 2018), “Sayohatchi kemacha” («Future books» nashriyoti, 2022), “Mergan toshbaqa” («Future books» nashriyoti, 2022)[4].
Qirg‘iz yozuvchisi Bek Jildizning “Qishdagi voqea”, “Chumoli Chu va chigirtka Chika”, “Chumoli Chu”, “Mehribon qo‘shni”, “Ayyor kapalak”, “Ob-havo bilimdonlari”, “Do‘stlar” kabi ertak kitoblarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Mashhur nemis yozuvchisi Otfried Preußlerning “Jajji Jodugar” nomli ertak-qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan[5]. Kompyuter dasturlari bo‘yicha mutaxassis, dizayner-illyustrator sifatida ham faoliyat olib boradi[6].
Mukofotlari
tahrirHar yili o‘tkaziladigan “Humo” xalqaro ertaklar tanlovining bosh homiysi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan “Ona madhi” tanlovining “Eng yaxshi hikoya” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rin sohibi[7]. Xalqaro Amir Temur kubogida 1-o‘rin sohibi (2005). Taekvon-do ITF sport turi bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, sport ustaligiga nomzod darajasiga ega bo‘lgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Хurshid Tojiboyev (Uzbekistan)“.
- ↑ „Ёзувчилар оиласига Украинадан янги йил совғаси“.
- ↑ „Хуршид ТАДЖИБАЕВ (Узбекистан)“.
- ↑ „O’rmon alifbosi“.
- ↑ „Jajji Jodugar“.
- ↑ „Deer and the Lion – Children’s Literature from Uzbekistan“. SindhCourier.
- ↑ „BOLALAR YOZUVCHISI XURSHID TOJIBOYEV "ONA MADHI" IJODIY ISHLAR TANLOVI G‘OLIBI“.