Xurshida Arabshoyeva – kino va teatr aktrisasi va „Saʼnat va madaniyat fidokori“ koʻkrak nishoni sohibasi.

Xurshida Arabshoyeva
Tavalludi
Sirdaryo viloyati
Kasbi Aktrisa, xoreograf
Faoliyat yillari 2005 – hozirgacha
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Biografiyasi

tahrir

Xurshida Arabshoyeva 1991-yil 13-oktyabrda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri Hovost tumanida tugʻilgan. Dastlabki taʼlimini Hovost tumanidagi 89-sonli maktab-gimnaziyada boshlagan. 1999-yilda Toshkent shahriga koʻchib kelganidan soʻng, 164-maktabda tahsil olgan.

2005—2010-yillarda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida raqs sirlarini oʻrgangan. 2010—2014-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining „Estrada aktyorligi“ fakultetida tahsil olgan. Fakultetda tahsilini tamomlab, institutning „Oʻquv teatri“da aktrisa sifatida ishlay boshlagan. Mehnat faoliyatini 2008-yilda „Sabo“ milliy raqs ansamblida balet artisti sifatida davom ettirgan va 2013-yilgacha ushbu ansamblda faoliyat koʻrsatgan.

Faoliyati

tahrir

Aktrisa 2016—2024-yillarda „Diydor“ teatr-studiyasida ijod qilgan. Bahodir Yoʻldoshev tomonidan sahnalashtirilgan „Yulduzli tunlar“ spektaklidagi Zuhrabegim roli orqali tomoshabinlar orasida katta eʼtirofga sazovor boʻlgan. Arabshoyeva Üzeyir Hacıbəyovning „Arshin mol alan“ pyesasining birinchi talqinida Gulchehra, ikkinchisida esa Jahonbibi rolini ijro etgan[1].

Yolqin To‘ychiyevning „Mono-lock“ spektaklida Halima personajini jonlantirgan[2]. Barzu Abdurazzoqovning „Oʻt qoʻyuvchilar“ spektaklida professorning ayoli Klara rolini ijro etgan. Jahongir Qosimovning „Avtohalokat“[3] spektaklida Simona obrazini yaratgan[4].

2024-yil aprel oyidan boshlab „Turon“ davlat harbiy teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Sayfiddin Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan „Hamma qoʻshiq ishq haqida“ spektaklida Makbet xonim rolini ijro etgan. „Omon boʻlsang, unutma!“ spektaklidagi kelin obrazi orqali urush dahshatlari mavzusiga bagʻishlangan spektaklda ishtirok etgan. „Oila“ musiqiy kompozitsiyasida goʻzal raqslar ijro etgan. „Biz yurgan oydin koʻchalar“ dasturida shoira obrazida koʻrinish bergan.

Xurshida Arabshoyeva kinoda ham samarali ijod qilib kelmoqda. U mahoratli rejissorlar tomonidan suratga olingan badiiy filmlarda oʻzining isteʼdodini namoyish etgan. Ayniqsa, u yangi davr oʻzbek kinosining eng yaxshi rejissorlaridan biri boʻlgan Rustam Sa’diyev bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Arabshoyeva 2016-yilda „Oʻzbekkino“ milliy agentligi buyurtmasiga koʻra „Davr primyer“ kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan „Baron“ filmida baronning qizi Zebo rolini ijro etib, katta kinodagi ilk qadamlarini tashlagan. Rejissorning „Er bermoq – jon bermoq-2“ (2017) filmida kelinchak, „Merosxoʻr“ (2018) filmida esa Mumtoza rollarini ijro etgan[5].

Xurshida Arabshoyeva 2017-yildan Faxriddin Nisomov senariysi asosida rejissor Jahongir Qosimov tomonidan suratga olingan „Nazira“ filmida bosh qahramon Naziraning qizi Lola rolini ijro etgan. Film siyosiy muhit va ijtimoiy hayot bosimi ostida ham kurashishda davom etgan ayol qismati haqida hikoya qiladi.

Yolqin Toʻychiev tomonidan 2023-yilda suratga olingan „Evrilish“ filmida Xurshida enaga rolini oʻynagan. Shuningdek, „Qora zarba“ (2018, rejissor Samidxon Lutfullayev)[6], „Temur musht“ (2018, rejissor Mirkamol Karabayev), „Orzular qanotida“ (2021, rejissor Ergash Moʻminov)[7][8], „Maktab hayotim“ (2023, rejissor Ilhom Muhammadibrahimov), „Armon“ (2013, rejissor Ruslan Saliyev), va „Mening oʻgʻlim rassom“ (2024, rejissor Mirkamol Karabayev) kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.

Mukofotlari

tahrir

Xurshida Arabshoyeva 2023-yilda „Saʼnat va madaniyat fidokori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[9][10][11].

Filmografiyasi

tahrir

Filmlardagi rollari

tahrir
T/r Film nomi Rol Rejissyor Yil
1 "Qora zarba" Giyohvand qiz Samiddin Lutfullayev 2008
2 "Armon" Ayol Ruslan Saliyev 2013
3 "Baron" Zebo Rustam Saʼdiyev 2016
4 "Nazira" Lola Jahongir Qosimov 2017
5 "Temir musht" Kotiba Mirkamol Karabayev 2018
6 "Merosxoʻr" Mumtoza Rustam Saʼdiyev 2018
7 "Orzular qanotida" Klara Ergash Moʻminov 2021
8 "Maktab hayotim" Oʻquvchi Ilhom Muhammadibrahimov 2023
9 "Evrilish" Enaga Yolqin Toʻychiyev 2023
10 "Mening oʻgʻlim rassom" Oʻqituvchi Mirkamol Karabayev 2024

Seriallarda:

tahrir
T/r Serial nomi Rol Rejissyor Yil
1 "Qadam" Shahlo Baxtiyor Safarov 2020
2 "Izquvar-2" Roza Ergash Moʻminov 2022
3 "Tugʻmas" Lobar Ilhom Muhammadibrahimov 2022
4 "Chegaradagi qishloq-2" Ruhsora Husnora Roʻzmatova 2022
5 "Tom-chi" Klara Abdulaziz Rashidxoʻjayev 2023
6 "Qadam-2" Shahlo Baxtiyor Safarov 2024
7 "Debillar" Kotiba Abdulaziz Rashidxoʻjayev 2024

Qisqa metrajli filmlar

tahrir

„Skoch“da ayol, 2023-yil, rejissor Munisa Magamet[12];

„Meni sev“da ayol, 2024-yil, rejissor Eldor Qudratillayev;

„Unsin“da dodxohning 3-xotini, 2024-yil, rejissor Shohrux Norqulov[13][14].

„Vaqt“ ijtimoiy rolik, 2022-yil, rejissor Shohrux Norqulov.

Musiqiy kliplar

tahrir

„Soʻnggi nafas“, 2013 -yil, Rayhon;

„Soʻnaman“, 2014-yil, Rayhon

Manbalar

tahrir
  1. „“Diydor” teatr studiyasida “Arshin Mol Olon” spektakli namoyish etildi“. Interfax.uz.
  2. „Ёлкин Туйчиев поставил спектакль MONO-LOCK“. MyTashkent.uz.
  3. „«Diydor»dan yana bir yangi spektakl“. Qoraqalpog'iston Axborot Agentligi.
  4. „На сцене Театра -студии "Дийдор" им. Баходыра Юлдашева с большим успехом прошла премьера спектакля по пьесе Фридриха Дюрренматта "Авария"“. Kultura.uz.
  5. „O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida yangi film. Rejissyor Rustam Sa'diyev“. Kun.uz.
  6. „"Sotqin" orqali tanilgan aktyor giyohvandlik mavzusida film yaratdi“. Qalampir.uz.
  7. „Yangi o‘zbek myuzikli: «Orzular qanotida» komediyasining katta premerasi“. Xabar.uz.
  8. „Yangi film taqdimoti“. O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi.
  9. „32 nafar ijodkor yoshlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi“. Respublika Baxshichilik san'ati markazi.
  10. „32 nafar ijodkor yoshlar “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi“. Yoshlar Ovozi.
  11. „32 нафар ижодкор ёшлар “Маданият ва санъат фидокори” кўкрак нишони билан тақдирланди (рўйхат)“. Oyina.uz.
  12. „СКОТЧ“. Global Values. 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
  13. Mahkamov, Humoyun „"Unsin" qisqa metrajli filmi premyera qilindi“. Toping.uz.
  14. „"Unsin" qisqa-metrajli filmi premyera qilindi“. Afisha.uz.