Evrilish — bir inson hayotida kechgan sinovli daqiqalar va uning ruhiy kechinmalari toʻgʻrisida suratga olingan oʻzbek badiiy filmi[1]. XXVII Busan xalqaro kinofestivalining (27th BUSAN International Film Festival) „KIM Jiseok Award“ nominasiyasida gʻolib boʻlgan[2]. Film xalqaro mukofotlar laureati, mahoratli rejissyor Yolqin Toʻychiyev tomonidan suratga olingan.[3] Suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Misr va Buyuk Britaniyada suratga olingan[4].

Evrilish
Rejissyor(lar) Yolqin To'ychiyev
Prodyuser(lar) Avazxon Tojixonov
Ssenariynavis(lar) Yolqin To'ychiyev
Rollarda O'lmas O'rayev
Bahrom Matchonov
Botir Abdurahmonov
Jo'rabek Arziyev
Ilmira Rahimjonova
Yulduz Rajabova
Igor Buxidze
Yevgeniy Moskvichev
Kinematografiya O'zbekiston Kinematografiya agentligi
Studiya(lar) "Play this"
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til O'zbek tili

Mazmuni tahrir

"Evrilish" filmi Afgʻoniston urushi haqida boʻlib, unda Gʻarb qarashlari boʻyicha yoritilgan xalqaro voqeliklar boshqa rakursda koʻrsatib berilgan. Asar qahramoni Rustam — Afgʻoniston urushiga chaqirilgan oʻzbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri oʻrtasidagi munosabatga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi oʻzgarishlar hikoya qilinadi.[5] Unda qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushda ishtirok etgani haqida batavsil yoritiladi. Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Koʻp yillar oʻtib, hayot mashaqqatlarni boshidan kechirgan qahramon tinchlik oʻrnatilgandan soʻng Oʻzbekistonga — oʻz vataniga qaytadi[6].

Aktyorlar tahrir

O'lmas O'rayev
Bahrom Matchonov
Botir Abdurahmonov
Joʻrabek Arziyev
Ilmira Rahimjonova
Yulduz Rajabova
Igor Buxidze
Yevgeniy Moskvichev[7]

Mukofotlar tahrir

XXVII Busan xalqaro kinofestivalining (27th BUSAN International Film Festival) „KIM Jiseok Award“ nominasiyasida gʻolib[8]

Manbalar tahrir