Xvan Man Gim
Man Gim Grigoryevich Xvan, ismi Man-Gim shaklida ham yoziladi, norasmiy ismi – Timofey Grigoryevich (1919-yil 25-dekabr, Primorsk oʻlkasi, RSFSR – 1997-yil 12-iyul, Oʻzbekiston) – Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi „Politotdel“ (oʻzbekcha: Siyosiy boʻlim) kolxozi raisi, OʻzSSR partiya arbobi,Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957)[1]. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 6 ta chaqirigʻi deputati, OʻzSSR Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi. OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi (1963—1985).
Man Gim Grigoryevich Xvan | |
---|---|
Tavalludi |
25-dekabr 1919-yil |
Vafoti |
12-iyul 1997-yil (77 yoshda) Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi |
Bolalari |
Valeriy Timofeyevich Xvan, Stanislav Timofeyevich Xvan, Yevgeniy Timofeyevich Xvan, Grigoriy Mangimovich Xvan, Timur Timofeyevich Xvan |
Mukofotlari |
|
Tarjimai holi
tahrir1919-yil 25-dekabrda Primorsk oʻlkasida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1937-yilda oilasi bilan Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi[1].
Mehnat faoliyatini Yangiyoʻl paxta zavodida boshlagan. 1939-yildan turli iqtisodiy lavozimlarda ishlagan. 1947-yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi „Leninskiy put“ (oʻzbekcha: Lenin yoʻli) kolxoziga rais etib saylandi. 1951—1953-yillarda VKP (b) Yuqori Chirchiq tuman qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri boʻlgan. Bir muddat „Toshkent temir yoʻllari“ boshqaruvida ishlagan.
1953-yilda „Politotdel“ kolxozining raisi etib saylanadi. 1985-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. „Politotdel“ kolxozini Toshkent viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari safiga olib chiqadi va ushbu xizmatlari uchun 1957-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.
1960-yilda KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. 1980-yillar boshida Sotsialistik Mehnat Qahramoni Kan O Nam bilan birgalikda Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi va mamlakat yetakchisi Kim Il-sung bilan uchrashadi[2].
KPSS XXII, XXIII, XXIV, XXV, XXVI syezdlarida delegat, SSSR Kolxozlar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, SSSR futbol federatsiyasi Prezidiumi aʼzosi etib saylangan.
1985-yilda u „paxta ishi“ boʻyicha hibsga olingan va qamoqqa hukm qilingan. Oqlanganidan keyin 1989-yilda ozodlikka chiqdi.
1997-yil 12-iyulda vafot etadi va sobiq „Politotdel“ (hozirgi „Doʻstlik“ fermer xoʻjaligi) kolxozi qabristoniga dafn etilgan.
Asarlari
tahrirOlgan mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni – SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan;
- Lenin ordeni (tartib raqami 313979);
- Oktyabr Inqilobi ordeni;
- SSSR Davlat mukofoti;
- OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan paxtakor.
Adabiyotlar
tahrir- Ten M. D. Biograficheskiy metod v ustnoy istorii. Vospominaniya o Xvan Man Gime // Sbornik statey „Ustnaya istoriya v Uzbekistane: teoriya i praktika“. Vip. I., Tashkent, 2011. S. 245—256
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Хван Ман Гым Григорьевич“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 24-noyabr 2023-yil.
- ↑ Герман Ким, Герой Социалистического Труда — Кан О Нам
Havolalar
tahrir- Biografiya
- Biograficheskie svedeniya
- Biografiya
- Dokumentalniy film „Osenniy reportaj“, 1967