Yōrō (Gifu)
Yōrō (yaponcha: 養老町 Yōrō-chō ) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Yorō tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 10.356 ta xonadonda 29.309 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 405 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 72,29 kvadrat kilometrni (27,91 mi²) tashkil etadi.
Yōrō 養老町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°18′30.3″N 136°33′41.0″E / 35.308417°N 136.561389°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Maydon | 72.29 km2 (27.91 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2018-yil 1-aprel) |
29 309 |
Zichligi | 410 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0584-32-1100 |
|
Geografiyasi
tahrirYōrō Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yōrō togʻlari va sharqda Ibi daryosi hamda Makita daryosi shahar hududidan oqib oʻtadi.
Iqlimi
tahrirShahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Yōrōda oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1840 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[2].
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirDemografiyasi
tahrirYapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Yōrō aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va shu vaqtdan buyon kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 27,766 | — |
1980 | 31,371 | +13.0% |
1990 | 33,102 | +5.5% |
2000 | 33,256 | +0.5% |
2010 | 31,332 | −5.8% |
2020 | 26,882 | −14.2% |
Tarixi
tahrirYōrō atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari bilan 1897-yil 1-aprelda Yōrō shahri tashkil etildi. Yōrō Takeda shahri va Hirohata, Kamitado, Ikebe, Kasago, Kobata, Tado, Hiyoshi va Ayhara qishloqlari bilan birlashib, 1954-yilda Yōrō shahrini tashkil qilgan. 2004-yilda Ogaki shahriga qoʻshilish boʻyicha referendum magʻlubiyatga uchradi.
Taʼlim tizimi
tahrirYōrōda shahar hokimiyati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham faoliyat yuritadi.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirMagistral yoʻl
tahrirQardosh shahar munosabatlari
tahrirMahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Yōrō togʻi
- Yōrō sharsharasi[4]
- Kikusui-Sen issiq bulogʻi
- Yōrō ibodatxonasi
- Tokai tabiat yodgorligi[5]
Mahalliy afsonalar
tahrir- Mahalliy yogʻoch kesuvchi yigit sake oqadigan ariqni topadi. Qovoq idishini ichimlik bilan to‘ldirib, otasiga uni olib boradi. Suyuqlikni ichishi bilanoq otasi yoshara boshlaydi va sochlarini oqarib qora rangga kiradi. Nara imperatori Gensho suyuqlikni sinab koʻrish uchun Yōrōga tashrif buyurdi va bu ichimlik uni yoshartiradi[4].
- Fukugen-ji ibodatxonasi hududida soch oʻstiruvchi xurmo daraxti bor, chunki qotillik qurboni daraxt tagiga dafn etilgan deb ishonilinadi[6][7].
Galereya
tahrir-
Yōrō sanʼati naʼmunalari
-
Yōrō sharsharasi
-
Haiden ibodatxonasi
-
Karatani koʻprigi
-
Yoro Tomatei ryokan
Manbalar
tahrir- ↑ Yōrō Town official statistics(yaponcha)
- ↑ Yōrō climate data
- ↑ Yōrō population statistics
- ↑ 4,0 4,1 „The Yoro Waterfall and the Legend of the Dutiful Son“. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Places to Visit - Yōrō“. 2012-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ See Ross, Catrien; Japan (1996), Supernatural and Mysterious Japan: Spirits, Hauntings, and Paranormal Phenomena (1st ed.). Yenbooks. ISBN 4-900737-37-2.
- ↑ Emily Millar. „Creepy Japan“.
Havolalar
tahrir- Yoro official website (yaponcha)
- „Color Yoro World“ by Steven Kenworthy