YUNA
YUNA (shuningdek, Yuna, ukraincha Юна shaklida) — Ukrainada har yili oʻtkazilinadigan professional musiqa mukofoti. „YUNA“ soʻzi Yearly Ukrainian National Awards (Ukrainaning yillik milliy mukofotlari) jumlasining qisqartirilgan abriviaturasidir.
YUNA | ||
---|---|---|
| ||
Asl nomi | ukraincha: Юна | |
Mamlakat | Ukraina | |
Turi | Milliy musiqa mukofoti | |
Kim tomonidan topshiriladi | Pavlo Shilko va Muhammad Zahur | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Koʻrsatkichlari | 3.5 kg | |
Taʼsis sanasi | 2011-yil 27-oktyabrda | |
Birinchi taqdirlash | 2012-yil | |
Navbat | ||
Mukofot 2011-yil 27-oktyabrda taʼsis etilgan. Mukofotning hammuassislari Pavlo Shilko va Muhammad Zahurdir[1]. Mukofotning bosh prodyuseri Pavlo Shilko.
YUNA mukofotining nomzodlari va gʻoliblari nizomga muvofiq professional hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Deloitte Touche Tohmatsu auditorlik kompaniyasi hakamlar hay’ati aʼzolari ovozlarini hisoblashning yaxlitligini taʼminlaydi.
„YUNA“ haykalchasining ogʻirligi 3,5 kgni tashkil etadi.
Nomzodlar
tahrirYetti yil davomida YUNA mukofotining nominatsiyalar soni bir necha bor oʻzgargan. Birinchi taqdirlash marosimidan buyon faqat uchta nominatsiya oʻzgarmay qolgan, bular: „Eng yaxshi musiqiy albom“, „Eng yaxshi qoʻshiq“ va „Eng yaxshi video“ yoʻnalishlaridir.
Taqdirlash marosimlari
tahrir1991-2011-yillar
tahrirBirinchi „YUNA“ marosimi Ukraina mustaqilligidan keyin 20 yil davomida Ukraina musiqasi orasidagi eng yaxshilarini taqdirlab kelgan, keyinchalik „YUNA: 20 yillikning eng yaxshisi“ deb qayta nomlandi[2]. Hakamlar hay’ati 28 ta nomzod orasidan 9 nafar gʻolibni aniqlagan. Gʻoliblar 71 nafar hakamlar hay’ati aʼzolari tomonidan saralangan.
„YUNA“ ning birinchi tantanali marosimi 2012-yil 8-fevralda Kiyevdagi „Ukraina“ NPMda boʻlib oʻtgan. Marosimning televizion versiyasi 12-fevral kuni soat 23:00 da „Inter“ kanali tomonidan namoyish etilgan[3] .
2011-yil 12-dekabrda Kiyevdagi „Mantra“ klubida „YUNA“ nomzodlari eʼlon qilingan[4][5][6][7].
2013-yil
tahrirIkkinchi „YUNA“ marosimi (yoki „YUNA-2013“) 2012-yilda chiqarilgan Ukraina musiqasining eng yaxshilarini taqdirlagan[8]. YUNA mukofoti nominatsiyalari roʻyxatiga yangi ikkita yoʻnalish qoʻshilgan boʻlib, bular: „Eng yaxshi duet“ va „Yil yangiligi“ yoʻnalishlaridir[8].
2014-yil
tahrirUchinchi „YUNA“ marosimi (yoki „YUNA-2014“) 2013-yilda chiqarilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan va „YUNA“ — muzika ob'єdnuє! / „YUNA“ — Get United!" / „YUNA“ — musiqa birlashtiradi! shiori ostida oʻtkazilgan[9].
2015-yil
tahrirToʻrtinchi „YUNA“ marosimi (yoki „YUNA-2015“) 2014-yilda chiqarilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan[10] va „Ukraїna. Muzika. Naykraщі!“ / „Ukraina. Musiqa. Eng zoʻr!“ shiori ostida oʻtkazilgan[11].
2016-yil
tahrirYUNAning beshinchi taqdirlash marosimi 2015-yilda musiqa sohasida qilingan yutuqlarni etirof etgan. Marosim 2016-yil 25-fevralda boʻlib oʻtgan[12].
2017-yil
tahrirOltinchi marosim 2016-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan[13]. Marosim 2017-yil 21-fevral kuni Kiyevdagi Ukraina milliy bogʻida boʻlib oʻtgan. mazkur taqdirlash marosimiga Potap mezbonlik qilgan[14].
2018-yil
tahrirYettinchi taqdirlash marosimi 2017-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan. Yopilish marosimini radio boshlovchi Anatoliy Anatolich olib borgan[15].
2019-yil
tahrir2019-yil 22-mart kuni Kiyev „Ukraina“ NPMda boʻlib oʻtgan mazkur sakkizinchi marosim 2018-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilarini taqdirlagan[16].
2020-yil
tahrir2020-yil 9-iyul kuni Kiyev „Ukraina“ NPMda boʻlib oʻtgan toʻqqizinchi taqdirlash marosimida 2019-yilda yaratilgan Ukraina musiqalari orasidan eng yaxshilari etirof etilgan va mukofotlangan[17].
2021-yil
tahrir2021-yil 12-may kuni „Ukraina“ Kiev NPM da boʻlib oʻtgan oʻninchi marosimda, 2020-yilda yaratilgan ukrain musiqalarining eng munosiblari mukofotlangan[18] .
2022-yil
tahrir2021-yilgi Ukraina musiqasining eng yaxshilarini taqdirlash uchun oʻtkazilgan oʻn birinchi taqdirlash marosimi 2022-yil 16-martda boʻlib oʻtishi kerak edi[19], biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli tadbir 2022-yil 17-iyulda onlayn formatda boʻlib oʻtgan[20].
2023-yil
tahrir2023-yil 18-aprelda onlayn formatda, 2022 yilda taqdim etilgan Ukraina musiqalarining eng yaxshilarini taqdirlovchi oʻn ikkinchi marosimi boʻlib oʻtgan. Harbiy holat voqeligiga moslashtirilgan YUNA-ning yangilangan reglamentiga koʻra, mazkur yilda gʻoliblar hakamlar hay’ati aʼzolari tomonidan butun Ukraina radiostansiyalarida eng koʻp aylangan TOP-100 ta yangi qoʻshiqlar roʻyxatidan tanlangan. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon saralash shu formatda amalaga oshirila boshlangan[21].
2024-yil
tahrir2024-yil 23-may kuni Ukraina Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xalqaro madaniyat va sanʼat markazida, 2023-yilda ijro etilgan Ukraina musiqalarining eng yaxshilarini taqdirlashning oʻn uchinchi marosimi boʻlib oʻtgan[22] .
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ V Ukraїnі vstanovleno muzichnu premіyu YUNA (Wayback Machine saytida 4 March 2016[Date mismatch] sanasida arxivlangan) // UNІAN, 27.10.2011.
- ↑ „Архівована копія“. 5 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ „Архівована копія“. 10 серпня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ „Архівована копія“. 13 вересня 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ „Номінанти 2012“. 28 травня 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ „Архівована копія“. 7 серпня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ „Архівована копія“. 30 травня 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ 8,0 8,1 „Архівована копія“. 31 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 червня 2015.
- ↑ Гончарук. „YUNA: "Музыка объединяет!"“. КП в Україні (13 березня 2014). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 листопада 2023. (rus.)
- ↑ „Архівована копія“. 30 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 червня 2015.
- ↑ „YUNA 2015: Кузьму «Скрябіна» нагородили посмертно“. 16 травня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 травня 2021.
- ↑ „YUNA 2016: у Києві обрали найкращих українських музикантів“. 16 травня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 травня 2021.
- ↑ YUNA-2017: nazvanі іmena peremojsіv muzichnoї premії v Ukraїnі (Wayback Machine saytida 28 February 2018[Date mismatch] sanasida arxivlangan) — na saytі Обозреватель
- ↑ „YUNA“-2017: Sinі Kamalіya ta Zaxur, chornі „Mozgi“ ta Alyosha v panchoxax (Wayback Machine saytida 29 May 2017[Date mismatch] sanasida arxivlangan) — na saytі Українська правда
- ↑ YUNA-2018: PRONIKLIVIY MONATIK, ZAPALNIY O.TORVALD TA PURXLIVA KAMALІYa (Wayback Machine saytida 28 February 2018[Date mismatch] sanasida arxivlangan) — na saytі 1+1
- ↑ „MONATIK, Полякова, KAZKA: музична премія YUNA-2019 оголосила номінантів“. 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Премія YUNA-2020 оголосила номінантів: дивіться список і слухайте плейліст“. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ „Премія YUNA 2021: найкращими виконавцями стали alyona alyona та MONATIK“. 16 травня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 травня 2021.
- ↑ „Переможці музичної премії YUNA 2022 — Kiss FM Ukraine“ (uk). Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ Хмельницька. „YUNA-2022: імена лауреатів цьогорічної премії“ (uk) (2022-yil 17-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Премія YUNA оголосила переможців 2023 року: 12 пісень незламної України“ (uk). Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Названо переможців музичної премії YUNA-2024“ (uk). Qaraldi: 2024-yil 24-may.