Yaşar Nezihe
Yaşar Nezihe (1882 −1971-yil 5-noyabr) Usmoniylar davridagi ayol shoirlardan biri deb hisoblanadi. U 1-may Xalqaro mehnatkashlar kuniga bagʻishlangan ilk turkiy sheʼr muallifi sifatida tanilgan[1].
Yashar Nezihe oʻz hayotiy hikoyasi va qarama-qarshi adabiy oʻziga xosligi bilan oʻz davrning boshqa shoiralaridan ajralib turardi[2]. U butun umri davomida oʻzining kambagʻal va qiyin bolaligi, shuningdek, sevgi hayoti va turmushi haqida sheʼrlar yozgan.
Asarlari Aydinlik Dergisi (Maʼrifat jurnali)da nashr etilgan birinchi ayol shoir sifatida tanilgan Yaşar Nezihe mehnat tartibsizliklarini qoʻllab-quvvatlagani va oʻzining faol shaxsligi bilan ham mashhur boʻldi[3]. U oʻz sheʼrlarida qashshoqlikka ovoz bergan sotsialistik shoir sifatida tan olingan.
U gazeta egalari bilan Mürettipler Jamiyati (Yozuvchilar jamiyati) oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli ish tashlashga chiqqan ishchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida rahbarlarga murojaat qilib, Gazete Sahiplariga nomli sheʼrini yozgan.
Hayoti
tahrirYaşar Nezihe 1882-yilda Istanbulning Silivri shahrida kam taʼminlangan oilaning besh farzandidan biri boʻlib tugʻilgan. U oilada omon qolgan yagona farzand edi. Onasi Kaya Xonimdan ayrilganida u endigina olti yoshda edi. Shundan soʻng, uning shol xolasi va ichkilikboz otasi unga qarashdi[4].
Oila aʼzolarining loqaydligi tufayli koʻp vaqtini koʻchada oʻtkazgach, uning oʻzi maktabga yozildi. Otasi uni mustaqil xulq-atvori uchun uydan haydab yuborgan paytda, u endi haqiqatan ham qizining „ozodligi“ uchun yoʻl ochgan edi[5].
Nezihe uch marta turmushga chiqqan, biroq barchasi baxtsiz yakun topgan. Uning ikki farzandi oziq-ovqat tanqisligidan vafot etgan. U pul topish uchun u savodsiz odamlarga xat yozib berish va tikuvchichilik bilan shugʻullangan.
1934-yilda qabul qilingan Familiya qonuniga koʻra uning familiyasi „Bukulmez“ ga oʻzgartirildi.
Yaşar Nezihe hayotida ikki marta oʻz joniga qasd qilishga uringan. 1971-yil 5-noyabrda 89 yoshida Istanbulda vafot etgan.
Ijodi
tahrirNezihe Bukulmez shoir sifatida oʻqishni davom ettirdi va 1896-1953-yillar orasida koʻplab sheʼrlar yozdi. 1923-yilning may oyida uning mehnat tartibsizliklarini qoʻllab-quvvatlovchi 1-May nomli sheʼri chop etildi[6].
Bir Deste Menekşe (Binafsha guldastasi) nomli birinchi kitobidan soʻng, 1925-yilda Feryâdlarım (Faryodlarim) nomli ikkinchi kitob chop etildi.
Uning birinchi sheʼri Malumat jurnalida chop etilgan. Keyinchalik uning sheʼrlari koʻplab xotin-qizlar gazetalari va jurnallarida, ayniqsa, Kadınlar Dergisi (Xotin-qizlar jurnali)da chop etilgan.
Tadqiqotchi Taha Toros arxivida uning uchta sheʼriy toʻplami saqlanadi. Şiir Defteri (Sheʼrlar kitobi) uning Torosga topshirgan soʻnggi, nashr etilmagan asaridir.
1895-yildan boshlab uning asarlari Malumat ve Terakki va Nazikter kabi jurnallarda Mazlume, Mahmure va Mehcure taxalluslari bilan nashr etilgan. Hazan Unvanli Manzume, Kardeş Yuregi, Efsus, Leyyal-i Pur-Azab kabilar uning asarlaridir.
Aydınlik Dergisida yozgan birinchi ayol shoir boʻlgan Yaşar Nezihe Bukulmez yozganlari, Osmanlı Amele Jemiyetiga aʼzoligi va mehnat tartibsizliklarini qoʻllab-quvvatlagani uchun kommunistlikda ayblanib hibsga olindi.
Manbalar
tahrir- ↑ „İstanbul Kadın Müzesi - Yaşar Nezihe (Bükülmez)“ (tr). www.istanbulkadinmuzesi.org. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
- ↑ „Hüseyin Aykol'un Kaleminden "Aykırı Kadınlar"“. Bianet - Bagimsiz Iletisim Agi. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
- ↑ Tatar Kırılmış, İlknur (2009). ""İlk sosyalist kadın şair, Yaşar Nezihe Bükülmez mi?"". Turkish Studies, International Periodical For the Languages, Literature and History of Turkish or Turkic 4/8 Fall. Archived from the original on 2017-03-03. https://web.archive.org/web/20170303052536/http://www.turkishstudies.net/sayilar/sayi21/92-kirilmistatarilknur1454%28Duzeltme%29.pdf. Qaraldi: 2024-06-09.Yaşar Nezihe]]
- ↑ „www.tekedergisi.com/Makaleler/740142223_6kırılmış.pdf“.
- ↑ „blog.radikal.com.tr/siir-deneme-oyku/cogul-siirlerin-golgesinde-tekil-bir-kadinyasar-nezihe-20989“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „t24.com.tr/yazarlar/pinar-dogu/nezihe-hanim-ve-1-mayis-siiri,6618“.