Yaʼqubiy
(Ya’qubiydan yoʻnaltirildi)
Yaʼqubiy, al-Yaʼqubiy, Abul Abbos Ahmad ibn Yaʼqub (? — 897 yoxud 905) — arab tarixchisi va geografi. Bagʻdodda amaldor oilasida tugʻilgan. Armanistonda, soʻngra Xurosonda yashagan. Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Misrda qoʻnim topib, u yerdan Magʻribga borgan. Ya.ning "Kitob ul buldon" ("Mamlakatlar kitobi") asari (taxminan 891 yil) oʻsha davr olimlariga maʼlum boʻlgan dunyo mamlakatlari geografiyasiga doir boʻlib koʻp jihatdan oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ya., shuningdek, "Tarix" asari muallifi boʻlib, asarning 1-qismi Ossuriya, Misr, Yunoniston va qadimiy dunyoning boshqa davlatlari tarixiga oid. 2-qismida — islom dini va Arab xalifaligining 872 yilgacha boʻlgan tarixi bayon etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |