Yabu madrasasi — Samarqand madrasasi. Yabu madrasasi 1841—1842-yillarda Samarqandda mulla Ernazar valadi Samandarboy tomonidan bunyod etilgan. Madrasa gumbazli boʻlib, 8 hujradan iborat boʻlgan. Madrasa uchun vaqf mulklari ajratilgan[1]. Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Hijriy 1257-yili zulhijja oyida (1842-yil, yanvar-fevral) mulla Ernazar valadi Samandarboy Payshanba viloyati qozixonasiga kelib, Hanifa arigʻi yonidagi Yabi qishlogʻida yarimgav yerini Yabu madrasasi uchun vaqf qiladi. Madrasa xom gʻishtdan gumbazli qilib qurilgan, yonida 2 ayvonli masjidi boʻlgan. Bitta mudarris 16 nafar talabaga dars oʻtgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Undan keyin esa uning avlodlari ushbu vazifani bajarishgan. Mutavvali hosildan ushr haq olgan. Vaqf hujjati shartiga koʻra, madrasa talabasi istagiga qarab, fiqhiy ilm yoki Qur’on hofizi yoʻnalishida tahsil oladi. Mudarris madrasa tarkibidagi ayvonli masjidda imomlik qilgan. Mazkur hujjatda toʻrtta muhr bosilgan. Mir Sadriddin qozi, Sayyid Mir Olim va mulla Fozil raisga kabilar muhrlari bosilgan. Mazkur hujjat bilan Samarqand viloyati vaqf ishlari boshqaruvchisi V.L Vyatkin ham tanishgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Pashanba tumanida joylashgan boʻlgan va mashhur madrasalardan biri boʻlgan. Rossiya imperiyasi davriga oid ushbu madrasaning vaqf hujjatlari saqlanib qolgan[2].

Madrasa
Yabu madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokor mulla Ernazar valadi Samandarboy
Binokorlik tashabbuschisi mulla Ernazar valadi Samandarboy
Binokorlik 1841—1842-yillar—???
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 8 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Meʼmorchiligi

tahrir

Yabu madrasasi 8 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa xom gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.