Yagʻmo — turkiy qabilalardan biri.

IX asrning 1-yarmida yagʻmolar uygʻurlar tarkibida boʻlishgan. 840-yil uygʻurlar qirgʻizlar bilan boʻlgan urushda yengilgach, ulardan 15 urugʻ ajralib qarluqlar himoyasi ostiga oʻtgan. Yagʻmo — 15 urugʻ birlashmasining turkiycha nomi. X asr boshida yagʻmolarning katta bir qismi QashqargaTyanshanning janubi-sharqiy yon bagʻirlariga, Norin daryosining yuqori oqimidagi hududlarga koʻchib kelib, oʻtroqlashgan.

Yagʻmolar Qoraxoniylar davlatini barpo etishda qarluq, chigil, xalaj kabi qabilalar bilan bir qatorda faol qatnashgan. Yagʻmolarning asosiy qismi XI asrning 1-yarmida qoraxoniylar qoʻshini tarkibida Movarounnahrga kelib joylashgan va keyinchalik yerli xalqlar bilan aralashgan. Ularning bir qismi Zarafshon vodiysida mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan va oʻzbek xalqining bir qismiga aylangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963;
  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.