Norin (daryo)

(Norin daryosidan yoʻnaltirildi)

Norin (qirgʻizcha: Нарын) — Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi daryo. Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Uz. 807 km, havzasining maydoni 59,9 ming km². Daryo Norin shahridan 44 km sharkda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin shahridan 21 km oqib oʻtgach, unga oʻng tomondan Oʻnarcha daryosi, soʻngra Soʻnkoʻldan chiqib keladigan Koʻkjerti daryosi quyiladi. Shundan soʻng, eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqsa Olabugʻa daryosi kelib quyiladi. Toʻgʻuztoʻroʻ soyligiga oqib chiqqach, Norin daryosiga chap tomondan ancha yirik Koʻkiy-rim daryosi, 32 km oqib borgach, Koʻkoʻme-ren daryosi qoʻshiladi. Uzunaxmat va Qo-rasuv daryolari qoʻshilgach, daryo Fargona vodiysiga chiqadi. Shu yerdan boshlab uning suvi qisman sugʻorishga olinadi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida Norin Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirdaryoni hosil qiladi. Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora tora-yib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻr-gʻon shahridan oʻtgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oka boshlaydi. Norinning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Norin shahri yaqinida) 87,5 m³/sek, oʻrtacha oqim moduli 8,24 m³/sek. Daryosining eng katta maksimal suv sarfi 1936-yil 20-mayda 772 m³/sek, minimal oʻrtacha oylik suv sarfi 10,2 m³/sek. (1938-yil yanvar) boʻlgan. Norin qor-muzlik suvlaridan toʻyinadi. Katta Fargona, Katta Andijon, Shim. Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. Norin juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uch-qoʻrgon GES, Toʻqtaqul GES qurilgan. Norin boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻr-gʻon shaharlari joylashgan.[1]

Norin daryosi
qirgʻizcha: Нарын
Norin daryosining Norin shahri yaqinidagi tasviri
Norin daryosining Norin shahri yaqinidagi tasviri
Tavsif
Uzunligi 807 km
Suv sarfi 429 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Norin tumani, Qirgʻiziston
Joylashuvi
Syrdaryamap.png
Davlat Qirgʻiziston, Oʻzbekiston
Vikiomborda "Norin daryosi" nomli sahifa mavjud


GalereyaTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil