Yahyo ibn Abu Mansur
Yahyo ibn Abu Mansur[1] — O‘rta asr Sharq astronomiyasi tarixidan, asosan, Bag‘dodning ash-Shammosiya mintaqasida 828-yili bunyod etilgan ko‘chma rasadxonaning asoschisi, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalarning tashkilotchisi hamda „al-Maʼmunning tekshirilgan ziji“ kitobining mualliflaridan biri. U Marv shahrida tug‘ilib o‘sgan va Maʼmun xizmatida bo‘lgan, keyinchalik xalifa uni Bag‘dodga o‘zi bilan olib ketgan. Olim baʼzi adabiyotlarda 830-yil[2], baʼzilarida esa 845-yili Tarsus shahrida vafot etgan deb ko‘rsatiladi[3]. Uning jasadi Halab shahrining Qurayshlar qabristonida dafn etilgan.
Yahyo ibn Abu Mansur | |
---|---|
Tavalludi |
Yahyo ibn Abu Mansur |
Vafoti |
832-yil Tarsus shahri |
Kasbi | Davlat arbobi, tadqiqotchi, ko‘chma rasadxonaning asoschisi |
Faoliyati
tahrirXalifa al-Maʼmunning topshirig‘iga binoan olib borilgan astronomik tajribalarning natijasi bo‘lmish „al-Maʼmunning tekshirilgan ziji“ asari o‘sha davrning muhim ilmiy voqeasi bo‘ldi. Asar keyingi davr astronomlari Ibn Yunus as-Sadafiy, Abu Rayhon Beruniy va boshqa olimlar ijodida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Asarda qadimgi yunon olimlarining astronomik tajribalari qaytadan tekshiruvdan o‘tgan holda o‘z mujassamini topgan. Maʼlumki, o‘sha davr donishmandlaridan Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Ahmad al-Marvaziy, Abbos al-Javhariy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi olimlar Bag‘dod yaqinidagi rasadxonada amalga oshirilgan tajribalar va ularning natijalarini qayd etib borish, bu qaydlarni kitob shaklida jamlash zahmatini o‘z zimmalariga olganlar. Mana shunday mas’uliyatli tajribalarni boshqarish va tashkil etish vazifasini xalifa Yahyo ibn Abu Mansurga topshirgan. Haqiqatan ham Yahyo ibn Abu Mansur al-Maʼmun huzurida faoliyat ko‘rsatgan ichida, katta obro‘ va mavqega ega bo‘lgan. Olim xalifa tasarrufiga o‘tgan va uning huzuridagi astronomiya ilmida (sinaʼat an-nujum va tasyir al-kavkab) yetuk mutaxassisga aylangan.
Al-Maʼmun yulduzlarni kuzatishga qaror qilganda, u Yahyo ibn Abu Mansur va ismlari kerakli harflar tartibida keltiriladigan boshqa olimlarga murojaat etgan. Al-Maʼmun ularga kuzatuv ishlarini olib borish va (zaruriy) jihozlarni o‘rnatishni topshiradi. Mazkur olimlar bu ishlarni 215—216-hijriy (830—832- milodiy) yillari Bag‘dodning ash-Shammosiya mintaqasi va Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida amalga oshirganlar. Astronomik tajribalar 218-hijriy yilida al-Maʼmun vafoti sababli tugatiladi. U ikki tahrir (nusxa)dan iborat „Tekshirilgan zij“, „Madinat as-salom (Bag‘dod) shahrining kengligi uchun (Quyosh) balandligini soatning oltidan biri orqali (o‘lchash) amali“ („Kitab al-’amal li suds saʼat fi-l-irtifaʼ bi madinat as-salam“) asarlarining muallifidir[4].
Yahyo ibn Abu Mansur asarlari
tahrir- „Al-Maʼmunning tekshirilgan ziji“ („Az-Zij al-Maʼmuniy al-mumtahan“).
- „Osmon falaklari haqida mulohazalar“ („Al-Ibana an al-falak“). Bu asap Beruniyning „Geodeziya“ kitobida zikr etilgan.
- „Madinat as-salom (Bag‘dod) shahrining kengligi uchun (Quyosh) balandligini soatning oltvdan biri orqali (o‘lchash) amali“ („Kitab al-’amal li suds saʼat fi-l-irtifaʼ bi madinat as-salam“).
- „Uning (Yahyo ibn Mansurning) kuzatishlari jamlangan kitob va boshqalarga kuzatishlar haqidagi risolalari“ („Kitab yahtaviy ala arsad lahu va rasail ila jamaʼa fi-l-arsad“).
Manbalar
tahrir- ↑ „Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich izlanishlari“.
- ↑ „Matviyevskaya G.P., Rozenfeld B.A. Matematiki i astronomы musulmanskogo srednevekovya i ix trudы. M., 1983. Kn. 2. S. 38.“.
- ↑ Az-Zirikli Xayr ad-Din. Al-Aʼlam, Bayrut, 1986, 8-jild, 173-bet.
- ↑ „Ibn al-Qiftiy. Ixbar al-ulaman bi axbar al-hukama. Qohira, 1908, 234-bet.“.