Yakkashox
Yakkashox Yevropa folklorida tarqalgan afsonaviy hayvon boʻlib, peshonasidan katta, oʻrama shox oʻsib chiqqan oq ot sifatida tasvirlanadi. Yakkashox haqidagi yozuvlar Qadimgi Yunonistondan butun Yevropaga tarqagan. Oʻrta Asrlar mifologiyasida yakkashox yovvoyi oʻrmon maxlugʻi sifatida tasvirlangan va soflik ramzi boʻlib taʼriflangan. Shoxi zaharlangan suvni tozalash va kasalni tuzatish xislatlariga ega deb hikoya qilinadi.
Yakkashoxlar tabiatda kuzatilmagan. Eng yaqin keladigan hayvon Italiyada 2008-yili topilgan bir shoxli bugʻu boʻlib, u genetik kasallik tufayli shunday tugʻilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Falconi, Marta. „'Unicorn' deer is found in Italian preserve“. MSNBC (2008-yil 11-iyun). Qaraldi: 2012-yil 2-noyabr.
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrir- American Museum of Natural History, Mythic Creatures: Unicorns, West and East (ingl.)
- Pascal Gratz, De Monocerote – Zur Rezeptionsgeschichte des Einhorns (olm.)
- David Badke, The Medieval Bestiary: Unicorn (ingl.)
Vikiomborda Yakkashoxlar haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |