Qilin
Qilin ([tɕʰi ̌ .li ̌ n] ; xitoycha: 麒麟) — afsonaviy tuyoqli ximerik mavjudot boʻlib, u odatda xitoy mifologiyasida uchraydi. Afsonalarda qilin donishmand hamda buyuk kelajakka ega hukmdorning kelishi yoki hukmronlik qilish davrida paydo boʻlishi aytiladi[1]. Qilin — lin bir shoxli hayvonlarning mifologik oilasiga mansub oʻziga xos tur hisoblanadi. Qilin boshqa madaniyatlarning mifologiyalarida, masalan, yapon va koreys mifologiyalarida ham uchraydi, jumlada ularda kirin tarzida, Vetnam mifologiyasida esa kỳ lân nomi bilan uchratish mumkin.
Kelib chiqishi
tahrirBu afsonaviy shoxli yirtqich hayvon haqidagi ilk maʼlumotlar 麟之趾; Lín zhī zhǐ; „Lin oyoqlari“ sheʼriyat klassikasiga kiritilgan sheʼrlarda keltirilgan (miloddan avvalgi XI- VII asrlar)[2][3][4][5].
Ikki boʻgʻinli shakl qilin (麒麟 ~ 騏驎), yolgʻiz lin bilan bir xil umumiy maʼnoga ega, Chjango davriga (miloddan avvalgi 475 — 221-yillar) oid asarlarda uchraydi. Q i erkakni, lin esa ayol maʼnosini bildiradi[6][7][8].
Qilinning afsonaviy qiyofasi Ming sulolasidagi jirafa obrazi bilan bogʻlangan[9]. Qilinni jirafalar bilan bogʻlash Chjen Xening XV asrda Sharqiy Afrikaga qilgan sayohatidan keyin boshlangan (boshqa joylar qatorida, hozirgi Somaliga ham tashrif buyurgan). Ming sulolasi somalilik savdogarlardan jirafalar va zebralarni, tutatqi va boshqa turli ekzotik buyumlarni sotib olgan. Shuningdek, Chjen Xe floti Nankinga ikkita jirafani olib keldi va ular Somalida jirafa degan maʼnoni anglatuvchi „geri“ nomi deb ataldi. Qilinning jirafalar bilan birga qoʻllanilinishi doimiy taʼsirga ega: bugungi kunda ham xuddi shu soʻz koreys va yapon tillarida afsonaviy hayvon hamda jirafani atash uchun ishlatiladi[10].
Tavsif
tahrirQilin odatda xitoylik ajdahoga oʻxshash xususiyatlarga ega: shoxli oʻxshash boshlar, qalin kirpikli koʻzlar, doimo yuqoriga qarab turuvchi moʻylablar va soqollar. Tana shakli koʻpincha hoʻkiz, kiyik yoki otga oʻxshash tarzda tasvirlanadi[11][12]. Ular har doim tuyoqlarida tirnoqlar bilan namoyish etiladi[13]. Xitoyda ajdarlar odatda oltin rangda tasvirlangan boʻlsa-da, qilin har qanday rangda va hatto turli xil ranglarda ham tasvirlanishi mumkin[14].
Afsonalarda aytilishicha, qilin afsonaviy Sariq imperatorning bogʻida hamdaimperator Yao poytaxtida paydo boʻlgan; ikkala voqea ham hukmdorlarning bu afsonaviy jonivorga xayrixohligidan dalolat berdi[12]. Bundan tashqari, buyuk donishmand Konfutsiyning tugʻilishi qilinning kelishi bilan bashorat qilinganligi aytilgan[1].
Yakkashox koʻrinishidagi qilin
tahrirZamonaviy davrda qilin tasvirlari koʻpincha yakkashoxlar tushunchasi bilan uyqash tarzda qoʻllanadi. Qilin (麒麟) koʻpincha ingliz tiliga „unicorn“ (yakkashox)deb tarjima qilinadi va garchi bu notoʻgʻri boʻlsa ham, uni baʼzan bitta shoxli jonivor sifatida tasvirlash mumkin. Turli xil xitoy afsonaviy jonzotlarini bitta shox bilan tasvirlash mumkin va qilin bir shox bilan tasvirlangan boʻlsa ham, xitoy tilida „yakkashox“ emas, balki „bir shoxli qilin“ deb nomlanadi.
Shunga qaramay, mavjudotlar o‘rtasidagi afsonaviy va etimologik bog‘liqlik turli madaniy tadqiqotlar[10][15][16], hatto Xitoy hukumati tomonidan ham amalga oshirilgan bo‘lib, qilin va bir shoxli qilin tasviri kumush, oltin va platina esdalik tangalarida tasvirlangan[17].
Boshqa madaniyatlardagi oʻrni
tahrirSharqiy Osiyo
tahrirYaponiya
tahrirZamonaviy yaponcha jirafa soʻzi oʻrniga ham qoʻllanila boshlangan Kirin, qilin soʻziga oʻxshaydi. Yapon sanʼatida kirin Xitoy sanʼatiga qaraganda kiyiklarga oʻxshashroq tasvirlanadi. Shu bilan bir qatorda, u kiyik shaklidagi ajdaho sifatida namoyish etilgan, lekin sherning dumi o‘rniga ho‘kiz dumi[18] bilan tasvirlangan. Ular, shuningdek, koʻpincha qisman yakkashox sifatida tasvirlangan, chunki uning tashqi koʻrinishi yakkashoxga oʻxshaydi, lekin kirinning shoxi orqaga egilgan holatda boʻlgan.
Koreya
tahrirGirin yoki kirin (기린) qilin ning koreyscha shakli hisoblanadi. Bu kiyikning gavdasi, hoʻkiz dumi, otning tuyogʻi boʻlgan, tangali jonzot sifatida tasvirlangan. Girinlar dastlab kiyiklarga oʻxshash tarzda tasvirlangan, ammo vaqt oʻtishi bilan ular koʻproq otga oʻxshash koʻrinishda tasvirlana boshlandi[19]. Ular ajdaho, feniks va toshbaqa bilan birgalikda toʻrtta ilohiy mavjudot guruhini tashkil etgan. Girin tasviri Koreya qirollik va buddistlarning sanʼat asarlarida keng qoʻllangan.
Zamonaviy koreys tilida „girin“ atamasi „jirafa“ maʼnosida ishlatiladi.
Janubi-Sharqiy Osiyo
tahrirTailand
tahrirTailandda qilin „gilen“ nomi bilan tanilgan (taycha: กิเลนกิเลน), Tailanddagi Himapant oʻrmonining afsonaviy hayvonlari panteonining aʼzosi. Gilen panteonga qadimgi zamonlarda Siamga joylashib olish uchun Janubiy Xitoydan kelgan Tay Yay taʼsirida kiritilgan boʻlishi mumkin va bu afsona, ehtimol, Siamning Himapant afsonalariga shu tarzda kiritilgan degan taxminlar bor. Gilen — bu har xil elementar muhitidan kelib chiqqan turli hayvonlarning aralashmasi boʻlib, har bir shaxsiylashtirilgan mavjudotda mavjud boʻlgan elementar sehrli kuchlarni oʻzida ifodalaydi. Himapant hayvonlarining aksariyati aslida Osmon olamining xudolari va devalari va bodhisattvalar boʻlib, ular har bir maxluq xudosining asl tabiatini ifodalovchi timsol sifatida namoyish etiladi[20].
Phra Aphai Mani XVIII asrning taniqli shoiri Sunthorn Phuning durdona epik sheʼri hisoblanadi. Eposning bosh qahramonlaridan biri boʻlgan Sudsakornning oti boʻlgan yirtqich hayvon obrazi bor. Bu jonzot "Ma Nin Mangkorn" deb nomlangan (taycha: ม้านิลมังกรม้านิลมังกร, „seylonit ajdaho oti“), u olmos tishli, seylonit terili va tilida tugʻilish belgisi boʻlgan holda tasvirlangan. Bu ot, ajdaho, kiyik shoxlari, baliq tangachalari va Phaya Nak dumi singari turli hayvonlarning aralashmasidan iborat. Uning tashqi koʻrinishi qilinga oʻxshaydi[21].
Galereya
tahrir-
Pingzhen Xinshi bogʻidagi Qilin haykali, Taoyuan, Tayvan
-
Bengaldan sud amaldorlari tomonidan qilingan deb hisoblangan oʻlpon jirafasining Ming davridagi rasmi
-
Markazda qilin tasvirlangan plastinka, Yuan sulolasi
-
Naqshli qilin tasviri, Qing sulolasi
-
Kỳ Lan haykallari, Bat Trang oʻchogʻi, Xanoy, Nguyen sulolasi, sirlangan keramika — Xanoy, Vetnamdagi Vetnam tarixi milliy muzeyida
-
Kirin Ayigʻi logotipida kirin tasvirlangan (foto Xirosima, Yaponiyada olingan)
-
Qilin kulon
-
Liverpul, Buyuk Britaniyadagi Jahon muzeyidagi Qilin tutatqisi
-
Gulistondagi Simurgʻ va Qilin tasviri
-
Qilin tutatqisi (2 juftlikdan biri) Liverpul, Buyuk Britaniyadagi Jahon muzeyida
-
Qilin Imperial Entsiklopediyada tasvirlangan
-
Tokiodagi Kirin relyefi, Yaponiya
-
Tokiodagi kirin haykalining qanotli varianti, Yaponiya
-
Qilin (kî-lîn) Tayvanning Yilan shahrida sajda qilish obyekti sifatida
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „qilin (Chinese mythology)“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2011-yil 24-iyul.
- ↑ Classic of Poetry „Airs of Zhou and the South — Linʼs Feet“ translated by James Legge
- ↑ Durrant, Li, & Schaberg (translators) (2016). Zuo tradition: Commentary on the Spring and Autumn Annals. Seattle & London: University of Washington Press. p. 1920, n. 292. quote: "It is significant that the earliest source known to mention the lin itself is „Lin zhi zhi“ 麟之趾, or „The Foot of the Lin“
- ↑ Zuozhuan „Duke Ai — 14th year — jing & zhuan“'
- ↑ Durrant, Li, & Schaberg (translators) (2016). Zuo tradition: Commentary on the Spring and Autumn Annals. pp. 1919-1921
- ↑ ChinaKnowledge.de
- ↑ SWJZ Radical 鹿" quote: „麟:大牝鹿也。……麒:仁獸也。麋身牛尾,一角。……麐:牝麒也。“ translation: „Lín (麟): a large female deer. […] Qí (麒): a humane beast. With elaphure's body, ox’s tail, and one horn. […] Lín (麐): female qí.“
- ↑ Parker, Jeannie Thomas (2018) The Mythic Chinese unicorn. Victoria: Friesen Press. p. 44
- ↑ 此“麟”非彼“麟”专家称萨摩麟并非传说中麒麟
- ↑ 10,0 10,1 Parker, J. T.:" The Mythic Chinese Unicorn"
- ↑ „Charger with a qilin, anonymous, c. 1350“ (en). Rijksmuseum. Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑ 12,0 12,1 Liscomb, Kathyln „CHAPTER 9 How the Giraffe Became a Qilin: Intercultural Signification in Ming Dynasty Arts“, . The Zoomorphic Imagination in Chinese Art and Culture. University of Hawai'i Press, 2016 — 341–378-bet. ISBN 9780824872564.
- ↑ Bush, Susan „CHAPTER 2 Labeling the Creatures: Some Problems in Han and Six Dynasties Iconography“, . The Zoomorphic Imagination in Chinese Art and Culture. University of Hawai'i Press, 2016 — 76–77-bet. ISBN 9780824872564.
- ↑ Yoshida, Masako (2014). "Trade Stories: Chinese Export Embroideries in the Metropolitan Museum". Metropolitan Museum Journal 49 (1): 4–5. doi:10.1086/680031. https://www.jstor.org/stable/10.1086/680031.
- ↑ Janhunen, J. (2011). Unicorn, Mammoth, Whale: mythological and etymological connections of zoonyms in North and East Asia. Linguistics, Archaeology and the Human Past, Occasional Paper, 12, 189-222.
- ↑ „Xirs in Bolor dictionary“. 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ „5 Yuan, China“ (en). en.numista.com. Numista. Qaraldi: 2017-yil 13-dekabr.
- ↑ Griffis, William Elliot. The Religions of Japan. Bibliobazaar, October 2007 — 39-bet. ISBN 978-1-4264-9918-0.
- ↑ 기린 : 네이버캐스트
- ↑ „Taep Payatorn Riding Qilin Himapant Lion Hlang Yant – Nuea Pong Maha Sanaeh Luan – Ajarn Warut – Wat Pong Wonaram“. Buddha Magic Multimedia & Publications. 2019-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ Pralongchoeng. „ม้ามังกร“ (Thai). Thai Rath (2014-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.