Yan Nawa (taycha: ยานนาวา) – Tailand poytaxti Bangkok shahrining Sathon tumani hududidagi khwaeng (mahalla, Tailandda tumandan keyingi 3-kichik maʼmuriy birlik). 2017-yilda hudud aholisi 20 758 kishini tashkil qilgan[1].

Yan Nawa mahallasi

ยานนาวา
Mahalla
13°42′52″N 100°30′55″E / 13.71444°N 100.51528°E / 13.71444; 100.51528
Mamlakat Tailand
Maydon 2.090 km2 (0.807 kv mi)
Aholisi
 (2017)
20 758
Vaqt mintaqasi UTC+7
Pochta indeks(lar)i 10120
Yan Nawa mahallasi xaritada

Tarixi

tahrir

1939-yilda Yan Nawa tumanining nomi oʻzgargandan soʻng, khwaeng (mahalla)ning nomi ham Ban Thawai (บ้านทะวาย)dan Yan Nawaga oʻzgartiriladi[2]. 1989-yilda aholi punkti Thung Wat Don mahallasi bilan birgalikda Yan Nawa tumanidan ajratib olinib, yangi tashkil etilgan Sathon tumani tarkibiga kiradi[3].

Oʻtmishda „Ban Thawai“ (Tavoyan qishlogʻi) deb atalishining sababi 250 yildan ortiq vaqt avval, ilk Rattanakosin davrida, qirol Rama I hukmronligi paytida janubdagi Tavoy (hozirgi Dawei) shahridan majburan koʻchirilgan Tavoyan xalqi Bangkokda aynan Yan Nawani oʻzlariga maskan qilgani boʻlgan. Taxminlarga koʻra, Ban Thawai hududi Wat Rat Singkhon hududini va hozirda Wat Phraya Krai, Bang Kho Laemda joylashgan Chao Phraya tezkor qayigʻi joʻnab ketish joyini oʻz ichiga olgan[4].

Manbalar

tahrir