Keng burunli maymunlar, amerika maymunlari, yangi dunyo maymunlari (Platyrrhina) — odamsimon maymunlar seksiyasi. Tor burunli maymunlardan mustaqil holda, aksariyat daraxt muhitiga moslashish va yuqori darajada ixtisoslashish tufayli kelib chiqqan. Filogenetik jihatdan Shim. Amerika uzun-tovon maymunlari bilan bogʻliq. Burun toʻsigʻi keng , burun teshiklari chetga qaragan. Dumi, odatda, tanasidan uzun, ayrim turlarida tutuvchi organga aylangan. Lunj xaltalari va quymich soʻgʻallari boʻlmaydi. 1 katta oilasi (Seboidea), 2 oilasi (qisqichdumli va oʻynoqi maymunlar), 60 ga yaqin turi bor. Markaziy va Jan. Amerika oʻrmonlarida tarqalgan, 18 turi va 2 kichik turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil