Yangi usul jadid maktabi (Xiva)
Yangi usul jadid maktabi – 1910-yilda Islomxoʻja madrasasining qarshisida Islomxoʻja tomonidan qurilgan. Maktab yevropacha usulda qurilgan boʻlib, ikki qavatdan iborat. Har bir qavatda 4 tadan xona mavjud. Maktabning dastlabki oʻqituvchilari Husayn Qoʻshayev va komila Qoʻshayevalar. Maktabning har bir qavatida dahliz mavjud. Binoning balandligi 21.07 metrni tashkil qiladi[1]. Oʻqish davomida maktabda ikki yillik dastur asosida dasrliklar tayyorlangan. Maktab oʻqituvchilari rus tili, ona tili, joʻgʻrofiya, Xiva tarixi va uy xizmatchisi vazifalari oʻrgatadigan ilmlar oʻrgatilgan. Maktab xalq inqilobidan keyin shoʻrolar maktabiga aylantirildi. 1911-yil 4-yanvarda rus diplomati A.Kalmikov oʻz xatida shunday deydi: Men Islomxoʻjaning soʻzlaridan Xiva xoni katta bir maktab binosini qurdiri, unda oʻz oʻgʻli va boshqa yosh xivaliklarni oʻqitish istagida ekanini bildim. Buxoroning valiaxdi Peterburgda bir oʻzi oʻqib keldi, ammo Xiva xoni oʻz oʻgʻli va uning tengdoshlarini ham oʻqitmoqchi boʻlganini tahsinga sazovor boʻlib, katta foyda beradi[2].
Yangi usul jadid maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Xiva shahri, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston, | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Yangi usul maktabi |
Asos solingan sanasi | 1910-yil |
Yangiliklar
tahrir1990-yil 18-avgustda binoda „Xalq taʼlimi tarixi“ muzeyi ochiladi. 2004-yil mustaqillikning 13 yilligi munosabati bilan bino qaytadan tamirlanadi va birinchi qavatda birinchi oʻzbek fotosuratchisi va kinooperatori Xudoybergan Devonovning rasmlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Ikkinchi qavatda „Xalq taʼlimi muzeyi“ sayyohlar uchun xizmat qiladi[3].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |