Yangiyoʻl pravoslav cherkovi – Oʻzbekistonning Yangiyoʻl shahridagi pravoslav cherkovi. Rus pravoslav cherkovining Oʻrta Osiyo mitropolit okrugining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga tegishli. Maʼbad temir yoʻl shaharchasining markazida joylashgan[1].

Yangiyoʻl pravoslav cherkovi
Umumiy maʼlumot
Tasnifi Cherkov
Manzili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Charikova koʻchasi 264-uy
Shahar Yangiyoʻl
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qurilishi tugagan 1947
Yangiyoʻl pravoslav cherkovi

Tarixi

tahrir

1947-yil 26-iyulda yepiskop Guriy ota Konstantinni Yangiyoʻl shahriga rektor etib tayinladi. Ibodat uyi kichik boʻlib, 60 ga yaqin odamni sigʻdirardi. 1947-yil 1-avgustda ruhoniy Konstantin Bylinkin maʼbad sifatida qayta qurgan turar-joy binosini sotib oldi. Ibodat qiluvchilarning xayr-ehsonlari yordami bilan qurilish amalga oshirildi.

Maʼbad 1947-yilda pishgan gʻishtdan qurilgan. Unda ikonostazli ikkita zal, kichik hovli va koʻplab yordamchi xonalar mavjud. Bundan tashqari, kichik gumbaz ham mavjud. Xuddi shunday gumbazni Toshkent, Samarqand va Kogonda ham koʻrish mumkin.

Patronal bayram kuni 18-fevral hisoblanadi.

Mustaqillikka yillarida Yangiyoʻlni koʻplab cherkov ahli tark etgani bois 25-30 kishilik cherkov jamoasi qolgan. Bugungi kunda cherkov rus pravoslav cherkovining Oʻrta Osiyo mitropolit okrugining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga tegishli hisoblanadi. 2013-yil 18-fevralda Yangiyoʻl pravoslav cherkovida muqaddas marosim oʻtkazildi. Unda Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi rahbari mitropolit Vinsent ilohiy liturgiyani amalga oshirdi. Ilohiy liturgiya oxirida maʼbad atrofida diniy marosim boʻlib oʻtdi, unda maʼbadning barcha ibodat qiluvchilari, rohiblar qatnashdilar.[2]. 2023-yil 13-yanvarda navbatdagi muqaddas marosim tashkil etildi. Unda arxiyepiskop Aleksandr Grechushkin, protodeakon Aleksandr Nesin va diakon Dimitriy Zemtsovlar ishtirok etdi[3].

Manzil

tahrir

Yangiyoʻl pravoslav cherkovi Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Charikova koʻchasi 264-uy manzilida joylashgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „По святым местам. Храм иконы Божией Матери «Взыскание погибших» города Янгиюля“. www.youtube.com. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Янгиюльский храм «Взыскание погибших» отметил свой престольный праздник“. www.pravoslavie.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „Митрополит Викентий совершил Всенощное бдение в храме Янгиюля“. www.pravoslavie.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  4. „Янгиюль. Церковь иконы Божией Матери "Взыскание погибших".“. www.sobory.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.