Yaratganga shukur

oʻzbek filmi

Yaratganga shukur“ – 1997-yil suratga olingan mashhur oʻzbek filmi. Film oʻzbek va yapon kino ijodkorlari hamkorligida suratga olingan. U, shuningdek, 27 kunda suratgan olingan film sifatida ham mashhur.

„Yaratganga shukur“
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Prodyuser(lar) Bahodir Odilov
Makota Ueda
Sota Yamomota
Bastakor(lar) Mirhalil Mahmudov
Operator(lar) Najmiddin Gʻulomov
Chiqarilgan sanasi 1997-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Tarixi tahrir

1997-yili Yaponiyaning NHK korporatsiyasi 16 davlatdan maxsus konferensiya uchun saralagan yosh rejissorlar orasida Zulfiqor Musoqov ham bor edi. Konferensiya tashkilotchilarining talabiga koʻra, har bir rejissor oʻz xalqi hayoti haqida ssenariy yozishi taklif etilgan. Zulfiqor Musoqov rejissor Sakkey Imamuraga „Yaratganga shukr“ nomli ssenariyni koʻrsatganida u tanlov raisiga maʼqul kelgan va uning asosida film suratga olinishi belgilangan. Film 27 kunda suratga olingan va ilk namoyishi Tokiodagi „Osiyo filmlari“ kinofestivalida boʻlib oʻtgan.

„Yaratganga shukr“ filmi va „Kichkina tabib“ oldinma-ketin suratga olingan boʻlib, „Yaratganga shukr“ filmini tasvirga olish ijodiy jamoaning rejasida boʻlmagan. Ijodiy jamoa eʼtibori „Kichkina tabib“ga qaratilgan bir paytda „Yaratganga shukr“ filmini suratga olishga majbur boʻlishgan. Film oʻzbek va yapon kino muxlislari tomonidan iliq qabul qilingan[1].

Mavzusi tahrir

Film bosh qahramoni oddiy hisobchi Sodiqjon. U pessimist va moʻjizalarga ishonmaydigan shaxs. Ammo, aynan u oʻzida moʻjiza va sehr amalga oshirish qobiliyati mavjudligini kashf etadi. Buning uchun unga „Men xohlayman…“ deyishi kifoya[2].

Rollarda tahrir

Asosiy rollarda Bekzod Muhammadkarimov, Venera Nigmatullina, Choʻlponbek Bozarbaev, Kulyay Muratalieva, Ashir Chokubaev, Akjoltoy Kochkorbaev, Denizbek Chalapinov, Idris Noʻgʻaybaev, Davlet Nurgʻoziev, Rustam Yusupov kabi aktyorlar oʻrin egallagan[3].

Manbalar tahrir

  1. uz, Daryo „Epizod rollardagi mashhurlar, kompyuter grafikasisiz olingan sehrgarlik sahnalari. 27 kunda suratgan olingan “Yaratganga shukur” filmining muvaffaqiyati siri nimada?“ (uz-latn). Daryo.uz (2022-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  2. «Yaratganga shukur» (Яратганга шукур, komediya, sarguzashtlar, oilaviy, o'zbekiston, yaponiya, 2007) iTV.uz – TAS-IXda televideniye, kino va seriallar eng yaxshi sifatda., qaraldi: 2024-02-28 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 108 (yordam)
  3. Я хочу (1997), qaraldi: 2024-02-28