Inkubatsion davr (lot. incubatum — tinch yotmoq), yashirin davr, inkubatsiya — infeksion kasallik yuqqan paytdan tortib dastlabki belgilari paydo boʻlguncha oʻtadigan vaqt. Inkubatsion davrda mikroblar va ularning toksinlari organizmda koʻpayadi va toʻplanadi. Turli kasalliklarda Inkubatsion davrning da-vomiyligi turlicha. U odam organizmining ahvoli, infeksiyaga qarshilik koʻrsatishi, immunitet bor-yoʻqligi, shuningdek, organizmga kirgan kasallik mikroblarining miqdori, viru-lentligiga, organizmga kirgan joyi va boshqa sabablarga bogʻliq. Muayyan kasallikdan saqlash maqsadida Inkubatsion davrni uzaytirish mumkin. Aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligi Inkubatsion davr uzunligiga bogʻliq. Inkubatsion davri qisqaroq boʻlgan infeksion kasalliklar (mas, gripp) Inkubatsion davri uzun kasalliklarga nisbatan tezroq tarqaladi.

inglizcha: Incubation period

Infeksion kasallikning Inkubatsion davrini bilish tashhis qoʻyish va kasallikning yuqish manbalarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Inkubatsion davr oxiriga yaqin, kasallikning roʻyrost belgilari toʻla namoyon boʻlguncha, mas, vabo, koʻkyoʻtal, skarlatina, tepki, qizamiq bilan ogʻrigan bemor kasallik mikroblarini tashqariga chiqaraveradi, demak, u Inkubatsion davr oxiridayoqtevarakatrofdagilarga xavf tugʻdiradi, shuning uchun be-morni ajratib (alohidalab) qoʻyish zarur.

Bezgak, zotiljam va boshqa baʼzi kasalliklarda Inkubatsion davrdan keyin kasallik belgilari biratoʻla yuzaga chiqadi. Ich terlama, qizamiq, quturish va boshqa kasalliklarda Inkubatsion davrdan keyin harakterli belgilar paydo boʻlguncha prodromal davr oʻtadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil