Yashpal (12-mart, 1903, Firoʻzpur — 25-dekabr, 1976, Laknav) — hind yozuvchisi. Hindiy tilida ijod qilgan. Milliy ozodlik harakatida qatnashganligi uchun bir necha bor qamalgan (1932— 38).

Yashpal
Tavalludi 3-dekabr 1903-yil
Vafoti 26-dekabr 1976-yil(1976-12-26)
(73 yoshda)
Laknau, Laknau, Hindiston
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari Hind tili
Fuqaroligi Hindiston, Britaniya Hindistoni va Hindiston ittifoqi
Mukofotlari J. Neru mukofoti

Dastlabki hikoyasi — „Qafasdan qutulish“ (1939, qamoqda yozilgan). Yashpal hikoyalarida mamlakatdagi ijtimoiy nuqsonlar fosh qilingan. Yashpal „Xoin“ (1943), „Bir partiyadagi oʻrtoq“ (1946), „Insoniy qiyofa“ (1949), „Amita“ (1956), „Soxta haqiqat“ (195860), „Oʻn ikki soat“ (1963) kabi qissa va romanlarida hind xalqining mustaqillik yoʻlidagi kurash va yutuqlarini tasvirlagan. Yashpalning dastlabki romani „Xoin“da Ikkinchi jahon urushining boshlaridagi, fashistlar va mustamlakachilarga qarshi kurash kuchayib borayotgan davrdagi Hindiston aks etgan. Uning bosh qahramoni, harbiy gospital vrachi Khanna taqdir taqozosi bilan Samarqandga keladi, sanatoriyda ishlaydi, oʻzbek qizi bilan samimiy doʻstlashadi.

Yashpal pyesa, tanqidiy va publitsistik maqolalar ham yozgan. A.Muxtor, B. Kerboboyev va boshqalarning asarlarini hindiy tiliga tarjima qilgan. Panjob shtati adabiy mukofoti (1956) hamda J. Neru mukofoti laureati (1969). Asarlari koʻplab tillarda, jumladan, oʻzbek tilida nashr etilgan.

Manbalar

tahrir
  • Kul bosgan choʻgʻlar, T., 1970.

Adabiyot

tahrir
  • Chauxan Sh., Ocherk istorii literaturi xindi, M., 1960;
  • Chelishev Y., Sovremennaya indiyskaya literatura, M., 1981.