Hindiston Ittifoqi
Hindiston Ittifoqi (ingl. Union of India) — Britaniya parlamenti tomonidan Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi (1947-yil 15-avgust) va Britaniya Hindistonining Hindiston Ittifoqi va Pokiston Dominioniga boʻlinishi natijasida tashkil topgan davlat. 1948-yilda “Polo„ maxsus operatsiyasi natijasida Haydarobod knyazligi Hindiston Ittifoqi tarkibiga kirdi.
Hindiston Ittifoqi ingl. Union of India
| |
---|---|
![]() | |
Poytaxt | Yangi-Dehli |
Rasmiy til(lar) | Inglizcha |
Hukumat | Parlamentar Monarxiya |
• Qirol |
Georg VI |
Luis Mauntbetten | |
Javaharlal Neru | |
• Tashkil Topgan |
1947-yil 15-avgustdan |
• Tugatilgan |
1950-yil 26-yanvargacha |
Maydon | |
• Butun |
3 159 814 km2 |
Aholi | |
• 1950-yilgi roʻyxat |
360 185 814 kishi |
Pul birligi | Hindiston rupiyasi |
Hindiston Ittifoqi rahbari Buyuk Britaniya qiroli hisoblangan, lekin aslida hukumatga Bosh vazir Javaharlal Neru boshchilik qilgan. Hindistondagi monarx manfaatlarini hali ham Hindiston general-gubernatori himoya qilgan (u oʻzidan oldingilaridan farqli oʻlaroq, endi vitse-qirol deb atalmagan). Birinchi general-gubernator Luis Mauntbetten, ikkinchi va oxirgisi Chakravarti Rajgopalachariya edi.
1950-yil 26-yanvarda Hindistonning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan Hindiston Ittifoqi Hindiston Respublikasiga oʻzgartirildi.
AdabiyotlarTahrirlash
- Winegard, Timothy C. (2011), Indigenous Peoples of the British Dominions and the First World War, Cambridge University Press, 2-bet, ISBN 978-1-107-01493-0
- Winegard, Timothy C. (2011), Indigenous Peoples of the British Dominions and the First World War, Cambridge University Press, 2–-bet, ISBN 978-1-107-01493-0
- Menon, Vapal Pangunni (2015), Transfer of Power in India, Princeton University Press, 264-bet, ISBN 978-1-4008-7937-3