Yazid ibn Horun ibn Zoziy
Yazid ibn Horun ibn Zoziy — muhaddis
Yazid ibn Horun ibn Zoziy 736-yilda tugʻilgan. U muhaddis, hofiz shuningdek, "shayxul-islom" unvoniga sazovor bo‘lgan. Yazid ibn Horun muhaddis boʻlishi bilan birga chuqur bilimli faqih ham boʻlgan. Oʻz davrida muʼtaziliy oqimi vakillari tomonidan ilgari surilgan gʻoyalarga qarshi kurashib, ularga qarshi asosli raddiyalar bergan. Ayrim yozma manbalarda Yazid ibn Horunning koʻzi ojiz boʻlgani, shu holatda hadislarni jamlagani taʼkidlanadi.
E’tiroflar
tahrirYahyo ibn Yahyo muhaddis haqida: „Yazid ibn Horunning hofizligi Vakiʼdan yuksak“, — desa, Imom Ahmad: „Yazid ibn Horun eng ishonchli hofiz boʻlgan“, — deydi. Ibn Madaniy shunday deb eʼtirof etgan: „Yazid ibn Horundan boshqa hadisni koʻp yodlagan kishini koʻrmadim“[1].
Vafoti
tahrirYazid ibn Horun ibn Zoziy 821-yili Qohira shahrida vafot etgan[2].