Yazid ibn Ziyod ibn Muhosir
Yazid ibn Ziyod ibn Muhosir – Abu ash-Shaʼsa al-Kindiy nomi bilan mashhur, dastlab Umar ibn Saʼd qoʻshini tarkibida boʻlgan, keyin esa Husayn ibn Ali qoʻshini safiga qoʻshilgan. Karbalo jangi shahidlaridan.
Shaxsiy maʼlumotlar | |
---|---|
Vafoti | milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Dafn etilgan joyi | Karbalo, Iroq |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Husayn ibn Alining hamrohi |
Nasabi
tahrirYazid ibn Ziyod ibn Muhosir Banu Bahdala qabilasining Kinda urugʻiga mansub edi. Kunyasi Abu ash-Shaʼsa[1].
Husayn ibn Alining hamrohi
tahrirIbn Ziyod Hurr ibn Yazidga maktub yoʻllagan vaqtda, Abu ash-Shaʼsa mazkur maktubni unga yetkazib bergan odamni bir qabiladan boʻlganligi sababidan taniydi va unga: „Onang senga motam tutib oʻtirsin! Sen yetkazgan xabar nima?“ – deb soʻradi. U kishi: „Men imomimga (rahbarim, yaʼni Ibn Ziyodga) itoat qildim va u zotga qilgan bay’atimga sodiq qoldim“, – deb javob berdi. Abu ash-Shaʼsa aytdi: „Siz Allohga osiy boʻlib, imomingizga itoat qildingiz va oʻz halokatingizga sabab boʻlib, uyatga qoldingiz“[2].
Abu ash-Shaʼsa Hurr ibn Yazid va uning qoʻshini Husayn karvoniga yaqinlashmasdan oldin Kufadan chiqib ketgan, soʻng uning qoʻshini tarkibiga qoʻshilgan.
Boshqa bir rivoyatda keltirilishicha, Abu ash-Shaʼsa Umar ibn Saʼd qoʻshiniga Kufadan to Karbalogacha hamrohlik qilgan. Shunga qaramay, Husayn ibn Alining takliflari rad etilganidan xabardor boʻlib, Husaynning lashkariga qoʻshilgan[3].
Ashuro kuni
tahrirAbu ash-Shaʼsa Karbalo jangida oti ustida jang qilgan. Oti soʻyilganda, Husaynning yoniga choʻkkalab oʻtirib, Umar ibn Saʼd qoʻshiniga 100 ta oʻq otgan. Abu ash-Shaʼsaning oʻqlari tamom boʻlgach, oʻrnidan turib: „Faqat beshta oʻq nishonga tegmadi“, deb aytgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad b. Tahir al-Samawi al-Najafi. Ibsar al-ayn fi ansar al-Husayn. Najaf, Iraq: Haydariyya Printing House, 1923 — 171-bet.
- ↑ Muhammad b. Tahir al-Samawi al-Najafi. Ibsar al-ayn fi ansar al-Husayn. Najaf, Iraq: Haydariyya Printing House, 1923 — 172-bet.
- ↑ Muhammad Ibn Jarir Tabari. Sahih Tarikh al-Tabari. دار ابن كثير, 2013 — 445–446-bet. ISBN 978-6144151112.