Yelena Mixaylovna Peshereva (rus. Елена Михайловна Пещерева 1897-yil 13-may, Toʻrtkoʻl – 1985-yil 22- yanvar, Leningrad) – sovet etnografi, sharqshunos, tilshunos, Oʻrta Osiyo boʻyicha ilmiy ekspeditsiyalar olib borgan mutaxassis. Olima Oʻrta Osiyoda sovet etnografiyasi asoschilarining soʻnggi vakillaridan biri sanaladi.

Yelena Peshereva
Tavalludi 1897-yil 13-may
Petroaleksandrovsk (hozirgi To'rtko'l tumani), Rossiya imperiyasi
Vafoti

1985-yil 6-fevral
Leningrad,

SSSR
Fuqaroligi rus
Taʼlimi Turkiston xalq universtiteti(hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)
Kasbi etnograf
Unvoni fan doktori

Hayoti

tahrir

1897-yil 13-mayda Petroaleksandrovsk (hozirgi Toʻrtkoʻl, Qoraqalpogʻiston SSSR)da harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan[1].

1916—1917-yillarda Birinchi jahon urushi frontlarida hamshira.

1917—1918-yillarda esa Toshkentdagi bolalar uyida oʻqituvchi boʻlgan.

1924-yilda Toshkentdagi Turkiston xalq universtitetining etnologiya va tilshunoslik fakultetini tamomlagan.

1921—1961-yillarda Oʻrta Osiyo boʻylab etnografik ekspeditsiya va sayohatlarda qatnashgan. Bu ekspeditsiya davrida u asosan, tojik millatini kelib chiqishini oʻrgangan. 1961-yilda Goncharnoye proizvodstvo Sredney Azii mavzusida tarix fanlari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].

Leningraddalik paytida u davlat institutining oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. U etnograf F. D. Lushkevichning ilmiy rahbari hisoblanadi.

Yelena Mixaylovna Oʻrta Osiyodagi oʻzbek, tojik va boshqa xalqlarning xoʻjalik faoliyati, maishiy hayoti, birinchi navbatda, hunarmandchilikning tarixi, tashkil etilishi va ijtimoiy tuzilishiga oid koʻp yillik tadqiqotlari bilan munosib shuhrat va umumjahon eʼtirofiga sazovor boʻldi. 1957-yilda SSSR Fanlar akademiyasi M. S. Andreev bilan hammualliflikda yozilgan Yagnobskiye teksti ilmiy ishi, 1976-yilda esa Yelena Mixaylovna va N. A. Kislyakov tomonidan tayyorlangan Yagnobskiye etnograficheskiye materiali ilmiy asari nashrdan chiqgan[1].

U 1985-yil 6-fevralda Leningradda vafot etgan.

Asarlari

tahrir

Lunin B. V. Biobibliograficheskiye ocherki. 1977-yil

Nekotoriye igri sredi osedlogo naseleniya Turkestana. 1925-yil

Prazdnik tyulpana (lola) v selenii Isfara Kokandskogo uyezda. 1927-yil

Iz istorii sexovix organizatsiy v Sredney Azii. 1949-yil

Buxarskiye zolotoshvei. 1955-yil[3]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Общественные науки в Узбекистане, 1985, с. 61.“.
  2. Obщestvennie nauki v Uzbekistane. – 1985. – № 3
  3. Azimdjanova S. A. i dr. Yelena Mixaylovna Peщereva (1897—1985)