Yelena Stempkovskaya
Yelena Konstantinovna Stempkovskaya (1921, Minsk viloyatidagi Mazurshchina qishlogʻi — 1942.26.6, Belgorod viloyatidagi Zimovenka qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent pedagogika institutida oʻqigan. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi "Ozodlik" qishlogʻida yashagan. 1941-yildan armiyada. Radiotelegrafchilar kursini tamomlagan. 1942-yil yanvardan frontda. 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni (Janubiy Gʻarbiy front, 21-armiyaning, 76-oʻqchi diviziyasi) radisti, kichik serjant. 1942-yil 26 iyunda Belgorod viloyati Zimovenka qishlogʻi yonidagi jangda aloqani taʼminlagan va oʻzi halok boʻlgan (1946-yil 15-mayda Qahramon unvoni berilgan). Toshkentdagi 89-maktab Stempkovskaya nomi bilan atalgan va u yerda yodgorlik oʻrnatilgan. Toshkent pedagogika universiteti binosida yodgorlik lavhasi bor[1].
Yelena Stempkovskaya | |
---|---|
Tavalludi |
1921 Minsk viloyatidagi |
Vafoti |
26-iyun 1942-yil Belgorod viloyatidagi |
Xizmatdagi yillari | 1941 — 1942 |
Unvoni |
Kichik Serjant |
Harbiy qism | 216-oʻqchi polki oʻqchi bataloni |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi† |
Mukofotlari |
|
Manbalar
tahrir- ↑ "Стемпковская Елена Константиновна" warheroes.ru (23 Fevral 2018) (Rus)
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |