Yelena Berejnaya
Yelena Viktorovna Berejnaya (ruscha: Елена Викторовна Бережная; 1978-yil 11-oktyabr, Nevinnomisk, Stavropol oʻlkasi) — rossiyalik figurali uchuvchi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2000) va Olimpiya chempioni (2002).
Yelena Berejnaya | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Yelena Viktorovna |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi | Nevinnomisk, Stavropol o'lkasi |
Boʻyi | 154 |
Oldingi sheriklari |
Anton Sixarulidze Oleg Shlyaxov |
Faoliyati
tahrirBerejnaya 1993-yildan boshlab Latviya vakili sifatida Oleg Shlyaxov bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan.
1996-yilda, mashgʻulot paytida baxtsiz hodisa sabab Berejnayaning bosh suyagi singan, suyak parchalari miya membranasiga zarar yetkazgan. Berejnaya oilgan jarohati tufayli ikkita neyroxirurgik operatsiyani muvaffaqiyatli oʻtkazgan, shundan soʻng u nafaqat yurishni, balki gapirishni va oʻqishni qaytadan oʻrgangan. Berejnaya operatsiyadan keyingi davrda uni qoʻllab-quvvatlagan yangi sherigi Anton Sixarulidze bilan yana konkida uchishni boshlagan[1][2].
Berejnayaning qon tahlillarida efedrin moddasi topilgani uchun, 2000-yilda hakamlar uni antidoping qoidalarini buzgan deya musobaqadan chiqarib yuborilgan. Berejnayaning 2000-yilgi Yevropa chempionatidagi natijalari (oltin medal) bekor qilingan[3].
2006-yilda Yelena Rossiya televideniyesining Birinchi kanalida efirga uzatiluvchi „Zvyozdi na ldu“ koʻrsatuvida ishtirok etdi. Anton Sixarulidze sport faoliyatini tugatishga qaror qilganligi sababli, sheriksiz qolgan Yelena professional muz shoularida yakka holda konkida uchuvchi sifatida chiqishga harakat qildi.
Yelena 2009-yilda Mixail Galustyan bilan Birinchi kanalda efirga uzatiluvchi „Lednikoviy period“ shousining uchinchi mavsumida ishtirok etdi. 2010-yilda Yelena Igor Ugolnikov bilan Birinchi kanal koʻrsatuvi „Lyod i plamen“ shousida ishtirok etdi.
Shaxsiy hayoti
tahrirBerejnaya 2007-yil 7-oktyabrda ingliz figurali uchuvchisi Stiven Kuzinsdan Tristan ismli oʻgʻil tugʻdi[4]. 2009-yil 21-iyunda er-xotinning qizi Sofiya Diana dunyoga keldi[5]. Er-xotin 2012-yilda ajralishdi.
Sport yutuqlari
tahrirRossiya uchun natijalari
tahrir(A. Sixarulidze bilan)
Musobaqa | 1996 — 1997 ㅤ | 1997 — 1998 ㅤ | 1998 — 1999 ㅤ | 1999 — 2000 ㅤ | 2000 — 2001 | 2001 — 2002 |
---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 2 | 1 | ||||
Jahon chempionatlari | 9 | 1 | 1 | 2 | ||
Yevropa chempionati | 3 | 1 | WD | DQ | 1 | |
Rossiya chempionati | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Gran-pri finali | 1 | 2 | 3 | 2 | 2 | |
Skate America | 1 | 3 | ||||
Skate Canada International | 1 | 3 | 2 | |||
Millatlar kubogi | 2 | |||||
Trophee Lalique | 3 | 1 | 1 | 1 | ||
Rossiya kubogi | 5 | 1 | 1 | 1 | ||
NHK kubogi | 1 |
WD = tanlovdan chiqarigan; DQ = doping sababli musobaqadan chetlatilgan
Latviya uchun natijalari
tahrir(O. Shlyaxov bilan)
Musobaqalar/mavsum | 1992 — 1993 ㅤ | 1993 — 1994 ㅤ | 1994 — 1995 ㅤ | 1995 — 1996 ㅤ |
---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 8 | |||
Jahon chempionatlari | 14 | 7 | 7 | |
Yevropa chempionati | 8 | 8 | 5 | |
Skate America | 4 | 3 | ||
Skate Canada International | 4 | 2 | ||
Millatlar kubogi | 3 | |||
Trophee Lalique | 2 | 1 | ||
NHK kubogi | 4 | |||
Nebelhorn kubogi | 2 | |||
Piruetten | 4 | |||
Skate Isroil | 2 | |||
Yaxshi niyat oʻyinlari | 4 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Елена Бережная“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2016-yil.
- ↑ Ensiklopedii KM[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „За что дисквалифицировали Плющенко, Костнер, и как Бережная попалась на допинге“ (ruscha). sport.business-gazeta.ru. 24-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Бережная родила сына фигуристу, с которым познакомилась на Олимпиаде“ (ruscha). NEWSru.com (9-oktabr 2007-yil). 24-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Елена Бережная родила дочь“ (ruscha). www.fontanka.ru (25-iyun 2009-yil). 24-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.