Yelim
Yelim — asosan suyuqlangan yuqori molekular anorganik, koʻpincha organik moddalar yoki ularning eritmalari. Turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, mas, toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi. Qoʻshimchalar yelimning qovushkokligini, qotish tezligini, mustahkamligini, qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuk (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuk yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) boʻlishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqani yigʻishda qoʻllaniladigan) va maxsus (yopishkok tasmalar) turlarga ajratiladi. Bundan tashqari, ular tabiiy va sintetik boʻladi. Tabiiy yelim hayvonlar va oʻsimliklar (kraxmal) mahsulotlaridan olinadi. Aksarisi namlikka chidamsiz, o'z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi. Yogʻoch, qogʻoz va boshqa buyumlarni elimlash uchun qoʻllaniladi. Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, har xil temperatura, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga yaxshi chidaydi. Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik oinalarni elimlash uchun ishlatiladi. Rezina yelim — kauchuklar (tabiiy va sintetik) yoki rezinali aralashmalarning organik erituvchilari (asosan, benzin)dagi eritmasi. Rezinani metallga, yogʻochga, sementga yopishtirishda ishlatiladi[1].
ManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlash
- Влияние пластмасс на здоровье
- Упрощенная и аппаратурная идентификация пластмасс Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-08).
- Сварка пластмасс, сущность процесса сварки пластмасс Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-08-08).
- Учёные создали пластик из сахара Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-03-10).
- Plast-Tech.ru — Полимеры. Всё о переработке пластмасс.
- ПЛАСТМАССОВАЯ ЧУМА: Бороться или махнуть рукой?
- Получение пластмасс, видео
- Классификация пластмасс