Yelka, kift — qoʻlning boshlanish qismi; uning asosini yelka skeleti tashkil etadi. U tashqi tomondan qoʻlning erkin (osilib turgan) qismiga oʻtsa, ichki tomondan umurtqa pogʻonasiga taqaladi. Yelka kamari suyaklari (kurak suyagining yelka oʻsigʻi bilan oʻmrov suyagi) boylamlar bilan oʻzaro birlashib muskullar, teri osti yogʻ qavati, teri bilan qoplangan. Ye. muskullari oldindagi — bo'quvchi va orqadagi yozuvchi muskullardan tuzilgan. Ye. qoʻltiq va yelka arteriyasidan qon oladi. Terisiga yelka chigalidan, bo'quvchi muskullarga muskul-teri nervidan, yozuvchi muskullarga bilak nervidan tolalar keladi. Yelkaning shakllanishi, keng yoki tor bo'lishi uni qoplab turgan deltasimon muskul qolatiga bog'liq. Jismoniy mehnat, sport bilan shug'ullangan odamlarda kift rivojlangan, keng , zabardast boʻladi. Ayollar yelkasi bir oz nozikroq tuzilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil