Yellowstone Milliy Bog‘ining kumush dollar tangasi
Yellowstone Milliy Bogʻining kumush dollar tangasi — 1999-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari zarbxonasi tomonidan chiqarilgan esdalik tanga. Daromad Milliy bogʻ jamgʻarmasi orqali Yellowstone milliy bogʻi va boshqa milliy bogʻlarga foyda keltirdi[1].
Qiymati | 1 Qo'shma shtatlar Dollari |
---|---|
Massasi | 26.73 g |
Diametri | 38.10 mm (1.500 in) |
Tarkibi |
90 % Ag 10 % Cu |
Zarb qilingan yillari | 1999 |
Old ko'rinishi | |
Dizayni | Orqa fonda geyzer va chayqalayotgan daraxt aks ettirilgan |
Yaratgan dizayneri | Edgar Z. Steever, IV |
Ishlab chiqilgan kuni | 1999 |
Orqa tomoni ko'rinishi | |
Dizayni | Amerika buffalosi fonda quyosh va togʻlar |
Dizayneri | William C. Cousins |
Qonunchilik
tahrir1996-yildagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining esdalik tangalari toʻgʻrisidagi qonuni Yellowstone milliy bogʻi tashkil etilganining 125 yilligiga bagʻishlab, mamlakatda birinchi boʻlib esdalik kumush dollar ishlab chiqarishga ruxsat berdi. Ushbu akt tangalarni ham tasdiqlangan, ham muomalada boʻlmagan holda zarb qilish imkonini berdi[2].
Zarb etilishi
tahrirYellowstone bog'ining esdalik tangasi 20-asrda AQSh zarbxonasi tomonidan chiqarilgan soʻnggi esdalik kumush Dollar edi. Tangalar birinchi marta 1996-yil 20-oktyabr zarb etilgan hamda 1999-yil 16-iyuldan toʻliq muomalaga chiqarilgan. Tanganing 500 000 nusxasi yaratilgan Esdalik tangalari faqat Amerika Qoʻshma Shtatlari Zarbxonasida, davlat qonunchiligida belgilanganidek, cheklangan vaqt davomida muomalaga chiqarilgan[3].
Dizayn
tahrirYellowstone milliy bogʻi esdalik dollarining old tomonida Edgar Z. Stiver IV (Steever shuningdek, AQSh Yulduz turkumi kabi mavzularda 40 dan ortiq medallarni ishlab chiqdi va modellashtirdi[3]) tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, fonda parkning daraxtlar bilan qoplangan landshaftida otilayotgan geyzer tasvirlangan. William Cousins (1999-yilgi Yellowstone Milliy Bogʻi esdalik kumush Dollaridan tashqari, Cousins Mount Rushmore Oltin besh Dollarining revers qismi; Uso kumush Dollari old tomonni; 1996-yil Olimpiya stadioni Oltin besh Dollari old tomon dizaynini ishlagan[3]) tomonidan ishlab chiqilgan reversdagi sur`at AQSh Ichki ishlar vazirligi muhriga moslashtirilgan boʻlib, fonda togʻlar tepasidan quyosh koʻtarilayotgan vaqtda, tekislikdagi amerikalik Bizoni tasvirlangan[4].
Texnik xususiyatlari
tahrir- Displey qutisi rangi: quyuq yashil
- Ogʻirligi: 26,730 gramm; 0,8594 troya unsiyasi
- Diametri: 38,10 millimetr; 1,500 dyuym
- Tarkibi: 90 % kumush, 10 % mis
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Yellowstone National Park Commemorative Silver Dollar“. United States Mint. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
- ↑ „Text of H.R. 1776 (104th): United States Commemorative Coin Act of 1996 (Passed Congress version)“ (en). GovTrack.us. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Yellowstone“. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
- ↑ „Yellowstone National Park Commemorative Silver Dollar“. United States Mint. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |