Yellowstone milliy bog‘ining kumush dollar tangasi
Yellowstone Milliy Bogʻining kumush dollar tangasi – 1999-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari zarbxonasi tomonidan chiqarilgan esdalik tanga. Uning savdosidan keladigan daromad Milliy bogʻ jamgʻarmasi orqali Yellowstone milliy bogʻi va boshqa milliy bogʻlarning xarajatlarini qoplash uchun sarflanadii[1].
Qiymati | 1 Amerika Qoʻshma shtatlar Dollari |
---|---|
Massasi | 26.73 g |
Diametri | 38.10 mm (1.500 in) |
Tarkibi |
90 % Ag 10 % Cu |
Zarb qilingan yillari | 1999 |
Old ko'rinishi | |
Dizayni | Orqa fonda geyzer va chayqalayotgan daraxt aks ettirilgan |
Yaratgan dizayneri | Edgar Z. Steever, IV |
Ishlab chiqilgan kuni | 1999 |
Orqa tomoni ko'rinishi | |
Dizayni | Amerika buffalosi. Orqa fonda quyosh va togʻlar |
Dizayneri | William C. Cousins |
Qonunchilik
tahrir1996-yildagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining esdalik tangalari toʻgʻrisidagi qonuniga koʻra, Yellowstone milliy bogʻi tashkil etilganining 125 yilligiga bagʻishlab, mamlakatda birinchi esdalik kumush dollar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Ushbu akt tangalarni ham tasdiqlangan, ham muomalada boʻlmagan holda zarb qilish imkonini bergan[2].
Zarb etilishi
tahrirYellowstone bogʻining esdalik tangasi 20-asrda AQSh zarbxonasi tomonidan chiqarilgan soʻnggi esdalik kumush dollar edi. Tangalar birinchi marta 1996-yil 20-oktyabr zarb etilgan, hamda 1999-yil 16-iyuldan toʻliq muomalaga chiqarilgan. Tanganing 500 000 nusxasi yaratilgan. Esdalik tangalari faqat Amerika Qoʻshma Shtatlari Zarbxonasida, davlat qonunchiligida belgilanganidek, cheklangan vaqt davomida muomalaga chiqarilgan[3].
Dizayni
tahrirYellowstone milliy bogʻi esdalik dollarining old tomonining dizayni Edgar Z. Stiver IV (Steever AQShda Yulduz turkumi kabi mavzularda 40 dan ortiq medallar dizaynini ishlab chiqqan va modellashtirgan[3]) tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, fonda parkning daraxtlar bilan qoplangan landshaftida otilayotgan geyzer tasvirlangan. William Cousins (1999-yilgi Yellowstone Milliy Bogʻi esdalik kumush dollaridan tashqari, Cousins Mount Rushmore oltin besh dollarining revers qismi; Uso kumush dollari old tomonni; 1996-yil Olimpiya stadioni oltin besh dollari old tomon dizaynini ishlagan[3]) tomonidan ishlab chiqilgan reversdagi sur`at AQSh Ichki ishlar vazirligi muhriga moslashtirilgan boʻlib, fonda togʻlar tepasidan quyosh koʻtarilayotgan vaqtda, tekislikda yurgan Amerika Bizoni tasvirlangan[4].
Texnik xususiyatlari
tahrir- Qutisining rangi: quyuq yashil
- Ogʻirligi: 26,730 gramm; 0,8594 troya unsiyasi
- Diametri: 38,10 millimetr; 1,500 dyuym
- Tarkibi: 90 % kumush, 10 % mis
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Yellowstone National Park Commemorative Silver Dollar“. United States Mint. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
- ↑ „Text of H.R. 1776 (104th): United States Commemorative Coin Act of 1996 (Passed Congress version)“ (en). GovTrack.us. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Yellowstone“. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
- ↑ „Yellowstone National Park Commemorative Silver Dollar“. United States Mint. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.