Yem
Yem — 1) mollarga beriladigan toʻyimli ozuqa. Chorvachilikda suli, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, qora bugʻdoy, soya, vika, noʻxat donlari va b. Ye. oʻrnida ishlatiladi. Ye. boʻladigan donlar tarkibida 75% gacha uglevodlar, 12% protein, 2—5% yogʻ, 1—4% mineral moddalar hamda V guruhiga mansub vitaminlar mavjud. 100 kg Ye.da 38—133 ozuqa birligi, 6,7—14,2 kg hazm boʻluvchi protein bor. Barcha hayvonlar va parrandalarga Ye. aralash yem va yem aralashmasi koʻrinishida beriladi. Ye.ning toʻyimliligini oshirish maqsadida kepak, kunjara, pivo, spirt, shakar zavodlari chiqiti, baliq uni, goʻsht uni, goʻsht-suyak uni, qon uni va boshqa. Yem.ga aralashtiriladi yoki boshqa turdagi ozuqalarga Yemiga . aralashtirib tert qilinadi. Yem. yengil hazm boʻlishi uchun maydalanadi, tuyiladi, tegirmonda un qilib tortiladi, achitiladi va hokazo. Mogʻorlagan, qoʻlansa hidli, qora yoki qoʻngʻir tusdagi, rangi aynigan, zaharli moddalari boʻlgan don va don mahsulotlarini Yem. oʻrnida ishlatib boʻlmaydi. Aralash yem, Yemxashak); .[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |