Yer fondi bu maʼlum hududda, uning chegaralari ichidagi (mamlakatda, viloyatda, tumanda va hokazo) xoʻjalik yuritish mulkchilik egalik qilish, foydalanish, ijara obyektlari hisoblangan barcha yerlarning yigʻindisidir.

Yer fondi — mamlakatning jami yer resurslari maydoni. Ye.f. yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi: 1) q.x.ga moʻljallangan yerlar — sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali (mevasiz) daraxtzorlar va tokzorlar va b. ekinlar b-n band yerlar va b.; 2) aholi punktlari (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punkti) yerlari — shaharlar va shaharchalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va b. maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek, om-maviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5) tarixiymadaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon b-n qoplangan, shuningdek, oʻrmon b-n qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari oʻchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari — suv obʼyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obʼyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar — yuqorida nomlangan Ye.f. toifalariga ajratilmagan, maʼlum ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga kura xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari boʻlmagan yerlar.

E.f. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har xoʻjalik yilning 1-yanv.ga nisbatan tuziladi. Ye.f. maʼlumotlari xoʻjalik, tuman, viloyat va mamlakat miqyosida beriladi (jadvalga q.). Bunda Ye.f. tarkibidagi yer turlarining maydon va sifat oʻzgarishlari oʻz aksini topadi.

Oʻzbekistonda Ye.f.ning asosiy qismi (62% ga yaqini) q.x. yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fu-qarolar yerlari — tomorqa (1%), oʻrmon va toʻqayzorlar (3,2%) va q.x.da foydalanilmaydigan yerlardan (34,2%) iborat. Shundan sugʻoriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,6% tashkil etishiga qaramay respublika q.x.da yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90% shu yerlardan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Ye.f.ning toifalar boʻyicha taqsimoti 445-b.dagi jadvalda berilgan).

AdabiyotTahrirlash

  • Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meʼyoriy hujjatlar toʻplami [I qism], T., 2000.

Qosimjon Rahmonov.[1]


Yer fondi toifalariTahrirlash

  1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va ana shu maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar.
  2. Aholi punktlari yerlari — shaharlar, qishloqlar chegara chizigi ichidagi yerlar.
  3. Sanoat transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun huquqiy shahslarga berilgan yerlardir.
  4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar.
  5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlardir.
  6. Oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlardir.
  7. Suv fondi yerlari — suv havzalari(daryo, koʻllar, suv omborlari va h.), gidrotehnika va suv xoʻjaligi inshootlari egallab turgan yerlar.
  8. Zahira yerlar — huquqiy va jismoniy shaxslar egaligiga, foydalanishiga hamda ijaraga berilmagan, mulk qilib sotilmagan barcha yerlar.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil