Yer sunʼiy yoʻldoshlari
Yer sunʼiy yoʻddoshlari (YESY) — Yer atrofidagi (geotsentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar (KA). Birinchi sunʼiy yoʻldosh sobiq Ittifoq hududidan 1957 y. 4 oktabrda uchirilgan. YESY ga oʻrnatilgan apparatlar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada radiosignallarning tarqalishi oʻrganildi. 1958 y. 1 fevralda AQSH "Eksplorer-1" sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. 1965 y. 26 oktabrda Fransiya, 1970 y. 11 fevralda Yaponiya, 1970 y. 24 aprelda XXR, 1980 y. 18 iyulda Hindiston birinchi YESY ni uchirishdi.
Vazifasiga koʻra, YESY ilmiy tadqiqot yoki amaliy xillarga boʻlinadi. I. t. YESY Yerni, boshqa osmon jismlarini, kosmik fazoni tadqiq etish yoki biologik eksperimentlar oʻtkazish uchun xizmat qiladi. Ularga geofizik, geodezik tadqiqot YESY va b. kiradi. Amaliy YESY ga esa aloqa, meteorologik YESY, Yer tabiiy resurslarini oʻrganishga moʻljallangan YESY, navigatsiya YESY, texnik vazifalarni bajarishga moʻljallangan va harbiy maqsadlar uchun uchirilgan YESY kiradi. Ayrim YESY ham ilmiy, ham amaliy masqadlarni koʻzlab uchiriladi.
Orbital kosmik kemalar (KK) va orbital st-yalar (OS) YESY ning alohida turiga kiradi. Milliy kosmik dasturlar boʻyicha uchirilgan YESY turkumi koʻpincha maxsus nomlar bilan ["Kosmos" (Rossiya), "Eksplorer" (AQSH), "Diadem" (Fransiya)] yuritiladi. Koʻpchilik YESY bort apparatlari Quyosh batareyalari (QB) orqali energiya bilan taʼminlanadi. YESY ning issikdik rejimi termorostlash tizimi orqali amalga oshiriladi. YESY dan Yerga ilmiy va b. axborotlar radiotelemetriya tizimi yordamida uzatiladi. YESY orbitaga eltuvchi raketalar (ER) yordamida chikariladi. YESY ni orbitaga eltuvchi bu yoʻl ER harakatining faol (aktiv) yoʻli deyilib, bir necha yuz km dan 2—3 ming km gacha boradi. ER dvigatellari faol yoʻl soʻnggida oldindan hisoblangan tezlikka erishgach, uchiriladi va bu nuqta YESYning orbitaga chiqish nuqtasi deyiladi. Bu nuktada ERning oxirgi bosqichi sunʼiy yoʻldoshdan ajraladi va yoʻldosh orbita boʻylab erkin harakatlana boshlaydi. YESY ning harakati Yerdagi maxsus kuzatish st-yalaridan amalga oshiriladi. Bu kuzatishlar YESY ning orbita elementlarini aniqlab, kelgusi kuzatishlar uchun uning efemeridalari hisoblanadi. I. t. yoʻldoshlariga sobiq Ittifoqning "Elektron", "Proton", "Kosmos", AQSH ning "Avangard", "Eksplorer", "OGO", "OSO", "OAO", Angliyaning "Ariyel", Fransiyaning "Diadem" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi. Amaliy sunʼiy yoʻldoshlar jumlasiga sobiq Ittifoqning "Ekran", "Kosmos", "Meteor", "Molniya", AQShning "Tiros", "Essa", "Nimbus", "Lendstat", "Sinkom", "Intelsat" va "AEM" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |