Yer tarkibi
Yer tarkibi — davlat yer fondining xalq xoʻjaligi tarmoqlari oʻrtasidagi taqsimoti, yer turlarining nisbati, salmogʻi va maydon koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar yigʻindisi. Oʻzbekiston Respublikasining yaxlit yer fondi qanday maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: qishloq xoʻjaligi yerlari; aholi punktlari yerlari (shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari yerlari); sanoat, transport, aloqa va b.ning yerlari; tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar; oʻrmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar. Qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlarga atab ajratilgan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar deb hisoblanadi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |