Yertoʻla — 1) qad. yerni oʻyib qurilgan turar joy; boshpana. Toʻrtburchak, dumaloq shaklda qurilgan, baʼzilari esa yerdan bir oz yuqori koʻtarilib, tomi yogʻoch bilan, uning ustiga shox-shabba va tuproq tashlab yopilgan; oʻrtasida oʻchoq, devor yonlarida taxta yoki tuproqdan qilingan supachalar boʻlgan. Yuqori paleolit davridan boshlab boshpana sifatida keng foydalanilgan; hozir ham oʻzlashtirilayotgan yerlarda, urush harakatlari ketayotgan joylarda uchrab turadi; 2) uylar tagiga yer sathidan 1,5 m va undan ortiq chuqur qilib quriladigan xonalar. Ye.dan mahsulotlar saqlanadigan ombor sifatida va b. maqsadlarda foydalaniladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil