Yesemurat jirov Nurabulla oʻgʻli (1894 — Qoʻngʻirot tumani Aqshangloq ovuli — 1979) — qoraqalpoq dostonchisi. Nurabulla jirovtshg oʻgli va shogirdi. Ye. j. anʼanaviy dostonlarga ijodiy yondashib, baʼzilarini qayta ishlagan, shuningdek, zamonaviy mavzularda termalar yaratgan. Qoʻbizda "Kiz muloyim", "Boʻzatov", "Ushboʻy" kabi kuylarni mahorat bilan chertib ijro etgan. Undan "KOʻblon", "Alpamis", "Shahriyor", "Ediga" dostonlari yozib olingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil