Yetimtogʻ qabristonlari
Yetimtogʻ qabristonlari - Jizzax viloyati hududidagi togʻ nomi bilan atalgan qad. qabristonlar (mil. av. 1-ming yillik). Yetimtogʻ yaqinida jami 3 ta qabriston bor: Yetimtogʻ I, II, III. Har bir qabriston 5—10 ta qabrqoʻrgʻondan iborat. Yetimtogʻ I 1970-yil Jizzax arxeologiya otryadi tomonidan oʻrganilgan. Undagi 6 qabrqoʻrgʻondan bittasi qazilgan. Uning ichidan yonma-yon ikkita qabr qoldigʻi topildi. Qabrqoʻrgʻonning shim.gʻarbiy devori orasidan mil. av. 7-asrga oid uch qirrali jez paykon (oʻq uchi), devorning shim. qismidan esa qoʻlda yasalgan sopol idish boʻlaklari va jez zebziynat buyumlari topildi. Yetimtogʻ II, III qabristonlarida qazish ishlari olib borilmagan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |