Yetti yillik maktab - toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan 7 yillik umumiy taʼlim maktabi. Oʻzbekistonda 1926/27 oʻquv yilidan ochila boshlagan (bungacha faqat rus maktablari boʻlgan). 1928/29 oʻquv yili Oʻzbekistonda 107 Ye.y.m. boʻlib (jumladan 47 rus maktabi) ularda 43 ming oʻquvchi oʻqigan. Bu maktablarni bitirish 1930-yildan boshlangan. "Boshlangʻich va oʻrta maktab tizimi haqida"gi qaror (1934-yil 15-may) asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich (1—4 sinf), toʻliqsiz oʻrta (1—7 sinf) va oʻrta (1 — 10 sinf) maktab turlariga ajratilgan. Shuningdek, 1934/35 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich 7 y.lik majburiy politexnika taʼlimi ham joriy qilingan. 1934/ 35 oʻquv yilidan yirik shaharlarda, 1937/38 oʻquv yilidan qishloq joylarda amalga oshirilgan. Ye.y.m.larni tu-gatganlar umumiy oʻrta maʼlumot olish yoki oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqiga ega boʻlganlar. 1958-yildan 8 y.lik umumiy majburiy taʼlim joriy qilinishi munosabati bilan Ye.y.m.lar sakkiz yillik maktablarta aylantirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil