Yettiqashqa — oʻzbek qipchoqlar tarkibidagi urugʻlardan biri. 16—17-asrlarda Jan. Qozogʻiston (Qulon va Qarqara) da yashagan. 18-asr boshida qalmoqlar hujumi natijasida Ye.ning katta qismi boshqa qipchoq urugʻlari bilan birga Sirdaryoning yuqori oqimiga, dastlab, Toshkent vohasiga, soʻng Fargʻona vodiysiga koʻchib, togʻ etaklarida yashagan. Ye.ning bir qismi esa hozirgi Qirgʻiziston (Issiqkoʻl boʻyi) ga oʻrnashdi va keyinchalik qirgʻizlar tarkibiga qoʻshilib ketdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashagan Ye. oʻzbeklar tarkibiga singib ketgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil