Yettiqashqa — Namangan viloyatida joylashgan qishloq. Qashqa soʻzining bir nechta maʼnosi bor. Xususan, qirgʻizlarda beklarni hamda sarkardalarni qashqa deb atashgan. Shunigdek, qirgʻizlar va Fargʻona vodiysi qipchoqlari orasida yettiqashqa nomli urugʻ ham boʻlgan. Mulla Sayfiddin Axsikandiyning „Majmua at tavorix“ asarida (XVI asr) yozilishicha, yettiqashqa qavmi Dashti Qipchoqdagi Qulon shahridan chiqqan Oqtemir Qipchoqning yettita ko‘kqashqa ot minib yurgan yetti o‘g‘illarining avlodi hisoblanadi. Yettiqashqa qishlogʻi toponimining nomlanishi haqida shunday farazlar mavjud[1].

Manbalar tahrir

  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 103-104 bet.