Yettisoy botigʻi
Yettisoy botigʻi — Mirzachoʻldagi botiq. Guliston va Yangiyer sh.lari oraligʻidagi temir yoʻldan 10–12 km sharq (Darvozaqum)dan boshlanib, jan.-sharkdan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Mirzachoʻlning markazidagi Sardoba botigʻiga borib tutashadi. Ikkala botiq oʻrtasida Katta Shuybek suvayirgʻichi mavjud. Uzunligi 45 km, eng kengjoyi 10–13 km. Ye.b. oʻzansimon berk botiq boʻlib, shim.-sharqda Sirdaryoning allyuvial, jan.da Turkiston tizma togʻlaridan oqib keluvchi soy va kichik daryolarning allyuvi-al-prolyuvial yotqiziqlarining toʻplanishidan vujudga kelgan. Tubida doʻngliklar, marzalar (bal. 2–5 m) va pastqamliklar (chuq. 1–5 m) mavjud. Ye.b. 30 m qalinlikkacha asosan qumloq va qumoq yotqiziqlardan tashkil topgan. Tuprogʻi asosan, qatqaloq va poʻrsildoq shoʻrxoklardan iborat, balandroq doʻng va marzalarda shoʻrtob och boʻz tuproq, pastqamliklarda botqoqli shoʻrxoklar uchraydi. Ye.b. ga jan.dan va shim.dan sugʻoriladigan yerlardan grunt suvlarining oqimi yoʻnalgan. Relyefning oʻydim-chuqurligi va shoʻrxoklarning keng tarqalgani tufayli Ye.b. ning yerlari sugʻorish uchun yaroqsiz.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |