Yevdokiya Kolomitseva
Yevdokiya Aleksandrovna Kolomitseva (1927-yil 9-mart[1], SSSR RSFSR Goncharovka qishlogʻi — 1985-yil 1-noyabr, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati Oxunboboyev shahri) — sovet xalq taʼlimi va maʼrifati rahbari, Andijon viloyati Oxunboboyev shahri Narimonov nomidagi 3-son oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1978)[2].
Yevdokiya Aleksandrovna Kolomitseva | |
---|---|
Tavalludi |
1927-yil 9-mart |
Vafoti |
1985-yil 1-noyabr SSSR O'zbekiston SSR Andijon viloyati Oxunboboyev shahri |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | oʻqituvchi |
Unvoni | Sotsialistik Mehnat Qahramoni |
Mukofotlari |
Lenin ordeni „Oʻroq va bolgʻa“ Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni „Mehnat faxriysi“ Onalik medali |
Biografiyasi
tahrirYevdokiya Kolomitseva 1927-yil 9-martda Voronej viloyati, hozirgi Podgornenskiy tumani Goncharovka qishlogʻida rus dehqon oilasida tavallud topgan. 1936-yilda uning butun oilasi Qirgʻizistonga koʻchib oʻtadi va Novopavlovka qishlogʻida (hozirgi Chuy viloyati Soʻquluq tumanida joylashgan qishloq) yashay boshlaydilar. Kolomitseva oʻsha yerdagi oʻrta maktabda dastlabki taʼlimini oladi[3].
Taʼlimi
tahrir1948-yilda Kolomitseva Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida joylashgan Qirgʻiziston Pedagogika institutining biologiya va kimyo fakultetini muvaffaqiyatli tamomlaydi. Soʻngra Oʻzbekistonning Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Jdanov nomidagi kolxozning 18-maktabida oʻqituvchi boʻlib faoliyat koʻrsatadi.
Mehnat faoliyati
tahrirKolomitseva 1940-yildan Andijon viloyati So‘fi Qishloq (1975-yildan — Oxunboboyev shahri, hozirgi — Jalaquduq) qishlog‘ida joylashgan Stalin nomidagi 1-maktabda kimyo-biologiya o‘qituvchisi sifatida o‘qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. 1950-yilga kelib, Narimonov nomidagi 3-maktabga ishga joylashadi. Mehnat faoliyatining oxiriga qadar ushbu taʼlim muassasasida xizmat qiladi. 1962-yilda Andijon Pedagogika institutining sirtqi boʻlimini tamomlab, ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligini oladi. Uzoq vaqt davomida Kolomitseva, nafaqat, biologiya va kimyo, balki ingliz tilidan ham oʻquvchilarga dars berib keladi. Uning koʻplab shogirdlari viloyat va Butunittifoq tadbirlarida va kimyo fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1978-yil 27-iyundagi Farmoni bilan Yevdokiya Aleksandrovna Kolomitsevaga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan Lenin ordeni topshiriladi. Shuningdek, mehnat faoliyati davomidagi saʼy-harakatlari uchun „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan ham taqdirlangan.
Yevedokiya Kolomitseva jamiyatning ijtimoiy masalalarida ham faol ishtirok etadi. Mehnat faoliyati davomida, shuningdek, Xalq deputatlari Kengashining Mahalliy deputati saylangan.
Vafoti
tahrirUmrining oxirgi yillarini Oxunboboyev shahrida yashab oʻtgan Yevdokiya Kolomitseva 1985-yil 1-noyabrda oʻsha yerda vafot etadi.
Mukofotlari
tahrirYevdokiya Aleksandrova Kolomitseva namunali mehnat faoliyati uchun bir qancha mukofotlar bilan taqdirlangan:
- „Oʻroq va bolgʻa“ oltin yulduzi (1978-yil 17-iyun);
- Lenin ordeni (1978-yil 27-iyun);
- Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni (1971-yil 29-iyul),
- „Mehnat faxriysi“ medali;
- Onalik medali va boshqa bir qancha medallar.
Manbalar
tahrir- ↑ „warheroes“.
- ↑ „Коломыцев“.
- ↑ „Коломыцева Евдокия Александровна“ (ru). Герои страны. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.