Yevgeniy Kamenev
Yevgeniy Mixaylovich Kamenev (1910-yil 26-fevral, Toshkent – 1963-yil, Moskva) – sovet radiofiziki, davlat mukofotlari laureati, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.
Yevgeniy Kamenev | |
---|---|
Tavalludi |
26-fevral 1910-yil Toshkent |
Vafoti |
1963-yil Moskva |
Tarjimai holi
tahrirKamenev 1910-yil 26-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi farmatsevt (kazaklardan), onasi savdogar boʻlgan.
1927-yilda Oʻrta Osiyo universitetining (SAGU) fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. Soʻngra kasallik (tropik bezgak) tufayli Leningrad sanoat institutiga (LII) oʻqishini koʻchib oʻtkazgan va uni 1934-yilda tugatib, mutaxassislik diplomini olgan. Yevgeniy radiofizika sohasida tadqiqotchi muhandis boʻlgan. 1932-yildan radiofizika laboratoriyasida ishlagan[1].
1936-yilda OSOAVIAXIM (Mudofaa, aviatsiya va kimyo muhandisligini targʻib qilish jamiyati) uchuvchilar va planerlar maktabini tamomlagan. 1939-yilda LPI tavsiyasiga koʻra "Hurmat Belgisi" ordeni bilan taqdirlangan.
Yevgeniy Kamenev 1939–1940 va 1941–1946-yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Sovet-Fin va Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan va uch marta Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan[2].
1946–1963-yillar oraligʻida Atom energiyasi institutida faoliyat olib borgan. 1947-yildan 2-sonli laboratoriya va diffuziya zavodi ishini taʼminlash uchun texnologik jarayonlarni boshqarish, masofaviy signalizatsiya, fizik va fizik-kimyoviy tadqiqotlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan laboratoriyaga rahbarlik qilgan[3].
Yevgeniy 1951-yildan uran izotoplarini ajratish uchun sentrifugalarni yaratishda ishtirok etgan. 1953-yildan boshlab yadroviy qurolning atmosfera sinovlarini masofadan qayd etish masalalari ustida bir qancha izlanishlar olib borgan.
Fadiofizik olim 1963-yil Moskva shahrida vafot etgan.
Mukofotlari
tahrirKamenev 1954-yilda "Hurmat belgisi" ordeni hamda 1956-yilda "Mehnat Qizil Bayroq" ordeni bilan mukofotlangan.
1951-yil Stalin va 19661-yil Lenin mukofotlari sohibi boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Каменев Евгений Михайлович“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Сотрудники НИЦ "Курчатовский институт" — участники Великой Отечественной войны“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „История советского атомного проекта. Вып. 1. — 1998“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.